Hazrati payg’ambarimiz(s.a.v.) Ramazon oyi fazilatlari haqida gapirib aytadilar: Bu shunday oyki, uning boshi — rahmat, o’rtasi — mag’firat, oxiri esa — do’zaxdan qutulishdir.
"œRahmat"¦" Allohning rahmati tushgan qalb haqdan adashmaydi,dunyoning zeb-ziynatlariga,orzu-havaslariga aldanmaydi,haqiqatga xiyonat qilmaydi.Bunday bo’lishi qiyin,lekin Allohning rahmati tushgan qalblarga oson.
Allohning rahmati tushgan oila barakotli,fayzli bo’ladi.Unda mehr-muhabat,vafo hukmronlik qiladi.
"œMag’firat"¦" Qutlug’ oyning ikkinchi o’n kunida gunohlar afv etiladi,xatolar kechiriladi,tavbalar qabul qilinadi,qalblar poklanadi,bandalar yangidan tug’ilganday ma’sum holga keladilar.
"œDo’zaxdan najot"¦" Allohning rahmatiga noil bo’lgan,gunohlari mag’firat qilingan bandalar albatta do’zaxdan najot topadilar.Oxirgi o’n kunlik bizga mana shu omonlikni baxshida etadi.