Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 121887 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 19 B


AbdulAziz  22 Sentyabr 2006, 16:28:42

XUSHXABAR: Makhul rahimulloh deydilar: "œJanat ahli bir hidni his etishadi-da: "œEy, rabbimiz, jannatga kirganimizdan buyon bu hidni hidlaymiz, biz undan shirinroq hidni hech tuymaganmiz" deyishadi. Ularga: "œBu bo‘y ro‘zadorlarning bo‘yidir", deyiladi".

HADISI SHARIF: Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar.
(Imom Ahmad, Imom Nasoiy rivoyatlari)

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2006, 12:33:29


Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2006, 23:01:20

RAMAZONNING ILK KUNIDA

Talaba edim. Gunoh va jaholat biyobonida sang‘ib, orqa-oldimga qaramay yurgan kezlarim edi. Bir kuni ketayotsam, oldimdan yaqin do‘stim chiqib qoldi. «Bir «bayram» qilaylik», dedim. Ko‘nmadi. Qistayverganimdan keyin: «Men ro‘za tutganman», dedi. (Ramazon kelganidan ham bexabar ekanman!) So‘ng menta ham ro‘za tutishni maslahat berdi. «Bo‘pti, ertadan tutaman», deya so‘z berdim.
Ramazonning ilk kuni edi, mening esa, og‘zim ochiq. Ertadan ro‘zani boshlasam, «maishat» o‘ladi, deb, ulfatlar bilan rosa «bayram» qildim...
O‘sha kuni ichgancha ichdim. (Allohim, O‘zing kechir.) So‘ng sahar kirmasdan turib yuvindim, kiyimlarimni almashgirib, do‘stimning xonasiga tushdim. Kechagi boshog‘riqdan asar yo‘q, ruhim tetik edi. Uch-to‘rt kishi birga saxarlik qilib, og‘iz yopdik. So‘ng ular bomdod namozini o‘kigani boshqa xonaga chiqi?di. Men esa, o‘ringa cho‘zildim. Bir payt ko‘zim ilinibdi. Yo Alloh, o‘shanda Rasuli akramni tush kurdim. Qomatlari, so‘zlari, atvorlari xuddi sahobalari ta’riflagandek edi. Bezovta edilar. Kechagi ishlarim u zotni xafa qilganini bilib turardim. «Kimdir birinchi kungi ro‘zasini buzibdi, endi hammamiz boshqatdan tutamiz», dedilar. Lekin o‘sha buzg‘unchi kimligini aytmadilar. Huzurlarida uyatdan yerga kirgudek edim... So‘ng uyg‘onib ketdim. Do‘stlarim namozdan qaytishgan ekan. Xonamga chiqqim kelmadi...
O‘shanda ilk bor poklik neligini his etdim. Rasululloh sollolohu alayhi va sallam anglatib ketdilar uni menga. Hamon o‘sha poklikni, muborak jamolni sog‘inaman. Lekin Alloh taolo dunyo havaslariyu xato-gunohlar ichra sarson bandasiga Habibining jamolini loyiq ko‘rmayotir!
Yo Allohim, Rasulingni sog‘inish, jamollarini bir bor tush ko‘rish baxt. Qiyomatda u zot bilan birga bo‘lish esa, ming chandon ulug‘ baxt...
Yo Allohim, Sen naqadar mehrli, rahmli, sabrli zotsan! Yo‘qsa bir kun oldin — ramazonning ilk kunida katta ma’siyatlarga qo‘l urgan bir bandangni ertasiga saxarlik bilan siylarmiding, Rasulingning jamolini izhxor etarmiding?!
Yo Allohim, mana, yana ramazon keldi, rahmat eshiklaring ochildi. Fazlingdan umidvormiz. So‘ramasak-da, bizni iymon bilan musharraf etding, endi so‘rayotganimiz jannatdan mahrum aylama.
Yo Allohim, Rasuli karimingga salovot va salomlarimizni yetkaz, u zotni qiyomatda maqtovli maqomda tiriltir, u zotni o‘zlari istagan vasilaga muyassar qil, bizga umid etayotganimiz shafoatlarini nasib ayla, Havzi Kavsar bo‘yida Rasulimiz bilan diydor ko‘rishguncha iymonimizni salomat qil. Tushlarimizni Rasulingning jamoli ila charog‘on et...

G‘arib N.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:21:01

IFTORLIK FAZILATI

Ramazonda ro‘za tutishning ajri-ku, juda ulug‘. Ammo ro‘zadorga iftor qilib berish ham nihoyatda fazilatlidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Kimda-kim ro‘zadorga iftor qilib bersa, ro‘zadorning savobidan zarracha kamaytirilmagan holda ro‘zador ega bo‘lgan savobga ega bo‘ladi" (Imom Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday marhamat qilganlar: "Jannatda tashqarisidan ichkarisini va ichkarisidan tashqarisini ko‘rish mumkin bo‘lgan uylar bor. Alloh taolo bu uylarni miskinlarga taom yediruvchilar, muloyim gapiruvchilar, uzluksiz (davomli) ro‘za tuguvchilar va kechasi boshqalar uxlayotgan vaqtda namoz o‘quvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan" (Imom Ahmad rivoyati).
Rivoyatlarda aytilishicha, salaflar iftorlarini hamisha bir miskin bilan baham ko‘rishni odat qilganlar. Abdulloh ibn Umar, Molik ibn Dinor, Ahmad ibn Hanbal va boshqa ulug‘ imomlar hayotida bunga misollar ko‘p. Abdulloh ibn Umar dasturxonlarida bir yetim yoki miskin o‘tirmasa, iftor qilmas ekanlar.
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, ba’zi birovlar hech bir uzrsiz ro‘za tutishni tark qilishadi-da, so‘ng savob uchun ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirishadi. Ammo bilib qo‘ymoqlari lozimki, farz ro‘zani tutmas ekanlar, ularga savob yo‘qdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:00:45

Ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirib, dasturxon yozgan kishining haqqiga, albatta, duoi xayrlar qilinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam iftor qilib bergan kishini shunday duolar bilan xushnud etganlar:

«Uyingizda ro‘zadorlar iftor qilsin. Taomingizni yaxshilar yesin. Huzuringizga farishtalar tushsish («Sahihul jome’us-sag‘ir»);

«Parvardigoro, meni yedirib-ichirgan bandangni O‘zing yedirib-ichirgin» (Imom Muslim rivoyati);

 "œParvardigoro, ularga bergan rizqingni barakotli qilgin, gunohlarini kechirgin, rahmatingga olgin" (Imom Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2006, 06:00:53

HADISI SHARIF: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Har bir ro‘zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo‘yiladi, dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari

MASALA: Ummu Ishoq suv ichib qo‘ydi, ro‘zadorligi esiga tushib qoldi. Shu yerda turgan Zul-Yadayn: "œTo‘yganingdan keyinmi?" dedi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: "œRo‘zangni tutaver. Albatta, bu Alloh senga bergan rizqidir", dedilar.
Imom Ahmad rivoyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2006, 05:43:52

RO‘ZADORLAR UCHUN DASTURXON: Nabiy alayhissalom aytadilar: «Allohning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insonning xayoliga kelmagan dasturxoni bor. Uning atrofida ro‘zadorlargina o‘tiradilar»
(Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Anas roziyallolu anhu dedilar: «Ro‘zadorlarning og‘zidan mushk ufuradi va ular uchun Arshning ostida dasturxon yoziladi. Odamlar (qiyomatda) hisob berar ekan, ro‘zadorlar ziyofatda bo‘ladilar».

HADISI SHARIF: Alloh (ramazon) ro`zasini farz qildi. Men esa musulmonlarga (uning kechasini ibodat bilan) bedor (o`tkazishni) sunnat qildim. Kim iymon va savob umidida ramazon ro`zasini tutsa va (kechalarini ibodat bilan) bedor o`tkazsa, onadan tug`ilgan kundagidek tozalanadi.
(Imom Nasaiy rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2006, 06:44:31

RAMAZON HADISLARI

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydi. Ro‘za: «Rabbim, men uni taom va mayllardan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Qur’on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qlinadi»
(Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Alloh taolo jahannamni Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgan bandaning yuzdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi»
(Imom Abu Dovuddan boshqa barcha shlonchli muhaddislar rivoyat qilishgan).

Bir odam Rasulullohga: "œMen Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, siz Allohning elchisi ekaningizga guvohlik bersam, besh vaqt namozni o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutib, kechalari ibodat bilan bedor bo‘lsam, kimlar bilan birga bo‘laman?» dedi. Nabiy: «Siddiqlar va shahidlardan birisan», deb javob berdilar.
(Ibn Huzayma va Ibn Hibbon rivoyati)

Qayd etilgan


Muxlis  29 Sentyabr 2006, 16:19:33

Assalomu alaykum!
Sizlarni ramazon oyi bilan tabriklayman.
Bir savol bor edi. Ba'zi bemnor kishilar ramazon oyida ham davolanishlariga to'g'ri keladi.
ba'zida ular ukol olishlari kerak bo'ladi. Ba'zida dori ichishlariga to'g'ri keladi.
Shu holatda ro'za ochiladimi?
Bunday holatda ro'za tuitmasa ham bo'ladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Sentyabr 2006, 06:24:53

САВОЛ — Хозирги кунда кўпгина муолажа ишларини Рамазон пайтида килиш ёки килдириш саволлар кўп тугилади. Шулардан кайси бирлари — муолажа пайтида ишлатадиган услуб, бериладиган дориларни рўзани очувчи хисобланади-ю, кайси бирлари очувчи хисобланмайди? Шулар хакида билмокчи эдик.

ЖАВОБ — Бу ўта мухим савол, хусусан Рамазони Шариф учун керак бўладиган, тез-тез такрорланиб турадиган савол. Очигини айтишимиз керак, бу саволларга аник, хужжат-далиллик жавоблар кам бўлганлигидан мўмин-мусулмонлар, айникса бемор кишилар жуда кийналишмокда, баъзи бирлари ўша ўзи олаётган муолажани «рўзани очиб юборар экан» деган эътикод билан рўза тутмай кўйиш даражасига боряпти, баъзи бирлари эса «бу очиб юборар экан, мен рўзани кўймайман», очмайдиган бўлса хам ўша нарсани истеъмол килмасдан, дорини вактида олмасдан ўзининг соглик-саломатлигига зарар етишига сабаб бўлаётган холатлар хам бор.

Албатта Куръони Карим оятлари нозил бўлган, Пайгамбар (с.а.в) хаётда бўлган ва ундан кейинги узок давом этган ислом асрларида кишилар учун хозирги шаклдаги дори-дармонларни истеъмол килдириш, юбориш, бериш маънолари бўлмаган. Шунинг учун эски фикхий китобларимизда бугунги кундаги услуб билан даволашлар рўзани очиш ёки очмаслиги тўгрисида аник савол ёки жавоблари йўк. Шунинг учун бугунги куннинг кўзга кўринган уламолари, мусулмон табиблари бу масалани алохида кўриб чикишган.

Хозирги кунда Кувайтда маркази бўлган «Ал муноззамил исламия лил улуми тиббия» деган ташкилот бор, яъни «Тиббий илмларнинг исломий муноззамаси». Ўша ерда тиб илмининг исломга тегишли ахкомларини ўрганиб, яъни исломий асосда дори-дармонлар тайёрланиб кишиларни муолажа килиш холатлари йўлга кўйилади. Ана шу муноззама катта уламолар иштирокида, мусулмон табиблар иштирокида Аллохдан кўркадиган ажойиб бир кишиларни жамлаб туриб, турли масалаларни ўртага кўйиб мухокамалар килиш, фатволар чикариш, даволаниш йўлларини баён килиш билан хам шугулланади.

Ана шундай катта илмий мажлислардан бири айнан шу рўзани очиб юборадиган ёки очмайдиган даво, дармонлар ва уларни ишлатиш услубларининг рўзага таъсири хакида бўлган. Бу катта мажлис Магрибистон давлатининг Дорилбайзо номли шахарида бўлган ва унда кўзга кўринган катта уламолар олдиндан саволларга ўзларининг илмий бахсларини, маколаларини ёзиб келишган. Хар бир холатни чукур ўрганган, хам факих уламолардан, хам табиблардан ва бошка мутахассислардан бу нарсаларни ипидан игнасигача, жуда нозик жойларигача ўрганганларидан кейин тўпланиб, хар бир киши ўзнинг ёзиб, тайёрлаб келган илмий бахсини такдим этиб ва унинг оркасидан мунокаша, фикр-мулохаза тортишувлар бўлиб ва охири овозга кўйиб, хар бир холатнинг кандок эканлигини баёнини килинган, кейин уни алохида бир китоб килиб чикарилган. Бу бахслар катта — етти юз сахифага якин бир китоб бўлган, ана ўша китоб чоп килинган.

Мен бу санада Кувайтда бўлганимда ўша муноззамани зиёрат килдим, рахбарлари билан учрашдим, фаолияти билан танишдим ва улар менга хадя килган китоблар ичида мазкур илмий анжуман тўгрисидаги китоб хам бор эди. Ана шунда биз бахс килаётган масалаларга оид маълумотлар ва мажлиснинг чикарган карорлари бор экан. Мана шу карорлардан «Рўзани очадиган ва очмайдиган холатлар» тўгрисидаги бобини сизларга сўзма-сўз таржима килиб беришга ижозат бергайсизлар.

Qayd etilgan