Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)  ( 62188 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 B


Sadulla  21 Iyun 2012, 07:19:01

 :asl3:

Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.

Rostdan ham shu oxirgi kunlarda Andijonliklar sezilarli darajada ko'paydi,Andijonda forummi reklom qivormadilami mabodo   :D


Bir odatimiz bor, shuni hech tushunmayman. Er ayolini chaqirganda kenja qizining ismini aytib chaqiradi, xotini ham erini chaqirganda katta qizining ismini aytib chaqiradi.
Masalan bir oilaning ikki qizi bo'lib kattasining ismi Nazokat bo'lib, kichigi Nazira bo'lsa ayol erini Nazokathon deb chaqiradi, er ayolini Nazirahon deb chaqiradi.
Nega bunday ekan, ko'pni ko'rgan forumdoshlar orasida shu odatimizning xikmatini biladiganlar bormi?

Onam aytgandilar Buvim rahmatli Buvamlarni katta o'g'illarini ismlarni aytib chaqirar ekanlar.Bu er-xotining bir-biriga bo'lgan hurmatidan bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


_dadasining erkatoyi_  21 Iyun 2012, 09:31:10

 :asl3: Андижонда сна битта одат бор, туйда келин куев уйига келганда, кайнона сандик устига купгина курпачаларни тахлаб, устига чикиб, утириб олади. Биз келин олганимизда асмни шундай килиб уткизиб куйишган. Мен жуда хайрон булганман. Бунинг ма'носи шу сканки, кайнона иззит-хурматда утириб, келин хизматда булсин.

Qayd etilgan


Nosirbek  22 Iyun 2012, 11:07:10

umuman olib karaganda, vodiydegi urf odatlar bir biriga judayam ohweydi ekan. men Kirgizistonning jalolobod wahridanman, ewik supuriwlar, savziarchtilar, "bollari" dep hotin bola-chakaga aytkanlari hammasi bir hil ekan. lekin men Anjanga borganda bir narsa hamon ko'zga tawlanas edi, Anjanning halki juda mehmondo'st, gapka chevar bolar edi. men agar ammamlarnikida, mahallada gaplawib kolsam..meni Anjonlik bolmaganimni hamon seziwas edi...:) kaerdansiz owna , dep sorawas edi..Lekin afsus 2007 yildan beri menga juda yakin bo'lip kolgan Andijonga borolmadim, endi Hudo hohlasa zamonlar tinchip, chegaralar ochilsa borip kelarmiz

Qayd etilgan


Best friend  22 Iyun 2012, 11:33:26

 Iye Xush kebsiz hamyurt!

Qayd etilgan


Nosirbek  22 Iyun 2012, 15:30:23

huwvakt boling, rahmat!
siz ham Qirgiziston'danmisiz? qaysi wahridansiz?

Qayd etilgan


My Ummah  23 Iyun 2012, 05:19:50

Yana bir odat bor odatda darvozadan kirilganda parda tutilgan boladi juda kop xonadonlarda shunday
shu jumladan biznikidaham shunday : )

Qayd etilgan


Aqoid  26 Iyun 2012, 20:39:17

Ho'y! Akalar, qizishmelar! 2-3 kun kirmaseng shu ahvol. Xurshidbek! Agar Donishmand bizga hurmatsizlik qilsa, boshqalardan nima kutish mumkin? Xolis inson sifatida aytdim.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  27 Iyun 2012, 05:40:00

ha har holda donishmand aka saytda mestniylarda nima ham deymiz endi... :13

Qayd etilgan


Muxsiya  10 Aprel 2013, 11:08:47

урф-одатларимиз охирида жанжал билан скун топибдида кандай ачинарли холат буниси Андижонликоларга хос одат смас

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  10 Aprel 2013, 16:38:59

«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» .(Hujurot surasi, 13-oyat)

Qayd etilgan