Ilm va ziyo > Ma'rifat

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

(1/11) > >>

Ansora:
Assalomu alaykum. Chustiyni yangi kitoblari sabab bu mavzuni ochishga qaror berdim. Xo'sh, sizningcha xozirgi kunda Ona tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz. O'zbek tili "davlat tili", deb e'lon qilinganiga 20 yildan oshdi, shu vaqt mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi, qanday kamchiliklar bor? Bu haqda fikrlaringizni bu mavzuda yozishingiz mumkin...

Ansora:
Bir Qirg'iz dugonam Qirg'izlarni mashur yozuvchisi haqida shu fikrni aytgandi, "Shaxsan men uni bir Qirg'iz, deb qabul qilmayman, chunki u asarlarini Qirg'iz tilida emas, Rus tilida yozdi". Bu gap menga juda qattiq ta'sir qildi, albatta siz mashhur biri bo'lishingiz, asarlaringiz yuzlab tillara tarjima qilingan bo'lishi mumkin, lekin siz o'z ona tilingizni kamchilik tushunadi, qolganlar tushunadigan tilda yozay, deb boshqa tillarni tanlasangiz bir kuni kelib o'z qavmingizdan biri siz haqingizda shunday fikr bildirishi tabiiy...

Ansora:
Biz qachongacha dunyo miqyosiga chiqish uchun Rus tilidan ko'prik sifatida foydalamiz, ahir "Tilga e'tibor- elga e'tibor" demaganmilar jafokash ustoz Navoiy...

Men xohlaymanki, O'zbekistonda chop etilayotgan asarlar uchun boshqa tilga tarjima qilish uchun insonlar O'zbek tilini biladigan odamlarni qidirib ter to'ksin, qiziqsinlar, bu qanday til ekan, ha bundan 20 yil avval Mustaqil bo'lgan davlatni tili to qaysi asrlarga borib taqalar ekan, deb hayratlarga tushishsin....

Bir o'z-o'zimizni hurmat qilmasak, odam o'rniga qo'ymasak, hech kim bizni hurmat qilmaydi, vaqt ham ajratmaydi tilimiz uchun.

Ansora:
Tushunaman, qariyb 80 yil mobaynida turli sohalardagi terminlar asosan Ruschalashtirildi, xozirgi kunda turli sohadagi kitoblarning Rus tilida chiqishi menga qolsa TAMBALLİKDAN boshqa narsa emas! Chunki bosh qotirish, bu terminlarning O'zbek tilidagisini izlab topish, yoki tilning o'z hazinasidan foydalangan holda yangi terminlar o'ylab topib, xalqni iste'moliga havola qilish uchun avvalo vaqt, MABLAG' va Vatanparvarlik tushunchalari kerak, hurmatli o'rtoqlar!

Ansora:
Bir yigit so'ragandilar mendan: Opa, Turklarda Vatanparvarlik qanday o'rgatiladi, alohida darslar bormi? deb. Men kulgandim. Chunki bunday dars yo'q. Bu bola tug'ilgan paytdan boshlab atrofida o'z tilidan yetarlicha foydalana olishidan boshlanadi. Bir anketa, blankada boshqa tilda yozilgan narsani ko'rsa Turkiyada (albatta u Ingliz tili bilan bog'liq bir narsa bo'lmasa) yirtib yuzingizga uloqtiradi, hech bo'lmasa siz bilan biroz tortishadi, men boshqa tilni bilishga majbur emasman, bu yer Turkiya emasmi, deb.
Bizdachi? Balki xozirgi kunda o'zgargandir (inshalloh) jiddiy bir anketa, blankada albatta Ruscha yozilgan bo'lardi...Oddiy misol, tashqi davlatga chiqish uchun yoningizdagi pul miqdorini bildirish uchun (garchi bu ham faqat bizda bor, aslida bu ham teskari narsa, chunki bu meni shaxiy cho'ntagim) blanka to'ldirardik, shu ham Rus tilida edi:(

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version