Taomlar bilan bog'liq bir saytda shularni o'qib qoldim, siz nima deysiz:
Assalomu alaykum!
Saytingiz juda yoqdi. Bundan keyiniga ham omad tilayman.
Hafa bo'lmasangiz, til borasida biroz maslahat bersam:
O'zbek tilini tog'ri ishlatishga harakat qilsangiz - ruscha so'zlarni tarjima qilishga (cyr-pishloq masalan), bul'on -sho'rva) va oddiy orfografik xatolarga (angl*ya va x/hni tog'ri ishlatish) yo'l qo'ymaslikka intilsangiz.
Biz bunday xatolarga e'tibor qilmay o'rganib ketganmiz - inglizcha yoki ruscha aralashtirib yozamiz yoki so'zlashavemiz. Lekin hech ko'rganmisiz, ruscha yoki inglizcha internet sahifalarida rus tili yoki ingliz tilini aralashtirib/buzib yozilganini?! Deyarli uchratmaysiz - uchratsangiz ham darrov tanqid yoki kulgiga uchraydi. Bunday xatolar qoloqlik deb qaraladi.
Lekin afsus biz o'zbek tilimizga nisbatan jiddiy munosabatda bo'lmaymiz ko'pincha. Iltimos, ona tilimizni hurmat qilaylik
Bunga javoblar: 1. ASSALOMU ALEYKUM MAN HAM ....... SUZLARIGA QUSHILAMAN CHUNKI TIL BU QAYSI MILLATDANLIGING IZ VA TARIXIZ BORLIGINI BILDIRADI VA E TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
2 Assalomu Alaykum...........!
Bildirgan fikringiz uchun katta raxmat. Albatta hatolarimiz bor. Qo'limizdan kelganicha ona tilimizni to'g'ri qo'llashga harakat qilyapmiz. Bu borada hali ko'p ishlashimiz kerak.
Fikralingizga va do'stona tanqidga doim muhtojmiz.
3. man esa tepadagi fikrga umuman qushilmiman
qaysi til bulishiga qaramasdan asosiy ichidagi content manimcha ahamiyatliroq, juda chiroyli suzlasangizu lekin u chiroyli suzlarga amal qilmasangiz tilni nima ahamiyati bor. recertlaringizn i hammasi ham uzbekchamasku amo lekin bu yerga kupincha uzbeklar kirsa kerak, siz aytganday ingliz saytida boshqa til bulmaydi chunki inglizlar ham amerikaliklar ham faqat bitta tilni biladi , 2 ta til bilgan odam esa olqishlanadi

4. Bu yerga manimcha til o'rganishni emas, balki ovqat pishirishni o'rganishga kiramiz, shunaqa kommentlarni o'qisam asabim buzuladi.