Ilm va ziyo > Internet

O'zimiz sayt yaratamiz!

<< < (2/9) > >>

Usmon:
Ko'chirb oldik dvijokni endi nima qilamiz??? Bo'ldi endi kompyuterni o'chirib uxlaymiz...allayooo ....derdimu endigina 7.30 bo'pti

Dvijokni shundoq holichayam hostingga qo'yib, qolganini internetda davom ettirsa ham bo'ladi, lokigin menimcha oldin o'z shaxsiy kompyuterimizda sinovdan o'tkazib, kerakli moslamalarni kiritib, tarjimalarini qilib, tatapoya qilgach hostingga qo'ygan ma'qul deb hisoblayman. Omalekin interneti VIP bo'ganla hostingga qo'yishgacha bo'gan etaplarni tashab ketishsayam bo'lovradi...

Shu tariqa beshinchi qadamimiz kompyuterimizni o'z-o'ziga virtual server qilib qo'yish.
Bunda men hammaga ma'lum va mashhur Denwer djentelmenlar paketidan foydalanganman. Oxirgi versiyasini mana bu yerdan olamiz.

Usmon:
Denwerni oldik, ustanovka qildik....

endi o'zimiz serverga aylandik desayam bo'lovradi...
ishonmasez, Operada http://localhost deb yozing, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz. Denwerni ustanovka qilgach, instruksiyalarini yaaaaxshilab (!), sinchiklab o'qib chiqamiz.

Odatda Denwer C:\ da Webservers papkasini yaratadi. Bu papkani ichida Home papkasi bo'ladi shuni ichida masalan ajoyib.uz digan papka ochsak-da, ajoyib.uzni ichida www digan papka ochsak, kegin ashi wwwni ichida index.html digan fayl tashab qo'ysak, operada http://ajoyib.uz ga kirsak, shu index.htmlni obrabotka qiladi... Buning uchun albatta Denwer ishlayotgan bo'lishi shart. Bu hali qadam emas :-)

Usmon:
endi saytimiz nomiga moslab, o'sha homeni ichida ajoyib.uz degan papka, uning ichida esa www degan papka ochamiz... Boya ko'chirib olgan dvijokimizni (dvijok odatda zip, gzip yoki tar arxivda bo'ladi) o'sha papkaning ichiga raspakovka qilamiz (arxivdan chiqaramiz). E'tibor bering www ning ichida dvijok fayllari bevosita turishi kerak, alohida yana papka ichida emas.... Masalan Joomla.zip ni raspakovka qilganda Joomla digan yangi papka ochib keyin arxivdan chiqaradigan bo'lsa, bu Joomla papkasini emas, uning ichidagi fayllar va papkalarni www ga ko'chirishimiz lozim.

Usmon:
tepadagi beshinchi qadam ekanligini eslatish o'zimni esimdan chiqibdi  ;D

dvijokni www papkaning ichiga arxivdan chiqarib qo'ydik, endi bemalol operamizda http://ajoyib.uz ga kiramiz... kirdimi??? urreeee... bu hali dvijokni o'zi emas...bu hozircha uni o'rnatish jarayoni...instruksiayalani sinchiiiiklab o'qib dvijokni o'rnatamiz (o'rnatayotganda kiritgan ma'lumotlarni u-bu joyga yozib qo'yishni maslahat beraman, masalan...database nomi, foydalanuvchi nomi va paroli degandaydaaa endi...)
O'rnatish jarayoni silliq kechgan bo'lsa mana shu oltinchi qadam bo'ladi... endi darsimizani shu joyida paused qib turamiza, maniyam uyim bor :-) ertaga davom ettiramiz

Musannif Adham:
Assalomu Alaykum.

Usmon hormang. Yaxshi ish boshlabsiz. Mana shuni oxirigacha davom etdiring. Men va boshqa forumdoshlar kuzatib boryapmiz. Bu postni ham yozganlaringizni o'qiyotganimni bildirish uchun yozdim.  :) Off-top uchun uzr. Keyinroq o'chirib tashlarman.

Davomini kutib qolamiz. Faqat iltimos: oxiriga yetqazing. Shundoq qolib ketmasin.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version