Qaynona va Kelin
Kaynonalarga o‘n maslaxat
Xo‘sh, kelin bilan ahil yashash, oilada totuvlik va farog‘at bo‘lishi uchun qaynona nimalar qilishi kerak?
1. Keliningazni o‘z bolangizdan ustun ko‘rib «qizim-qizim»lab mehr ko‘rsating, uy-ro‘zg‘or ishlarini erinmay o‘rgating, aybu xatolarini yashiring. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kim bu dunyoda qiynalgan bir musulmonning og‘irini yengil qilsa, Alloh uning qiyomatdagi og‘irini yengil qiladi, kimki bu dunyoda bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo va oxiratda uning aybini yashiradi», deganlar,
2. Kelin bilan o‘g‘lingizning munosabatlari birinchi kundanoq samimiy bo‘lishiga harakat qiling. Kelinga o‘g‘ilni, o‘g‘ilga kelinni maqtang, aslo shikoyat qila ko‘rmang. Chunki Rasululloh (s.a.v.):«Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir», deb uqtirganlar.
3. Farzandlaringiz oldida kelinning sha’ni va obro‘sini ko‘tarishga harakat qiling, chunki oilada boshqalarning kelinga muomalasi sizga qarab bo‘ladi. Janobi Rasululloh (s.a.v.): «Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo‘lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va haqqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas», deganlar.