Tish chiqishi bilan bo'gliq muammolar
Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma'lum bir tartibda barchasi chiqib bo'ladi. (Tish chiqish jadvali) Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi, genetik rivojlanishi va boshqa sabablar tufayli har xil bo'lishi mumkin. Agar oldin tish chiqishining kechikishi raxit belgisi deb ta'kidlangan bo'lsa, hozirgi kunga kelib, jismonan sog'lom bolada ham tish chiqishi normadan kechikishi yoki oldinroq bo'lishi mumkin ekanligi aniqlandi. Tish chiqish jarayoni ayrim bolalarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Ota-onalar quyidagi holatlarga alohida ahamiyat bermoqlari lozim:
- Tish chiqishi jadvaldagi muddatlardan 2-3 oyga kechikishi;
- Tishning jadvaldagi muddatdan 2-3 oy oldin chiqishi;
- Tish chiqish tartibining buzulishi;
- Tish chiqishi milkdagi tishlar qatoridan bo'lmasligi;
- Tishning noto'g'ri shakllanishi;
- Tug'ilishdan oldin tish chiqishi.
Yuqoridagi holatlar kasallik holati emas, lekin bola organizmida ma'lum patologik jarayon mavjudligidan dalolat beradi.
Tish chiqayotganda, ko'p so'lak oqishini, bola tajang bo'lishini, og'ziga qo'lini yoki o'yinchoqlarni solib yurishini, ishtaha yo'qligini, uyqusi buzulishini kuzatishimiz mumkin.
Bola tishi chiqayotganda uning qiynalishini qanday yengillashtirish mumkin: