Chustiy Tabriklaymiz!  ( 16470 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Nоdirbek  26 Sentyabr 2011, 19:32:02

Bu mavzuni ko'rgan forumdoshlarimizni hayoliga boshqa narsa kelgan bo'lishi mumkin. Lekin bu mavzuda Chustiy akamizni boshqa sabab bilan tabriklamoqchimiz.
.Uz Milliy domeni Internet Festivalida, www.oshxona.uz sayti Eng Yaxshi Mavzuli Sayt nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilibdi. Chustiy tabriklaymiz. Sizni qilgan mehnatingiz shunga arziydi. Kelajakda bundan-da yaxshi o'rinlar nasib qilishini tilab qolamiz!!!

Qayd etilgan


Solihatun  26 Sentyabr 2011, 19:41:56

G`alabangiz muborak:)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  26 Sentyabr 2011, 19:55:29

Iqtibos
Chustiy tabriklaymiz. Sizni qilgan mehnatingiz shunga arziydi. Kelajakda bundan-da yaxshi o'rinlar nasib qilishini tilab qolamiz!

:amn:

Tabriklaymiz!!!

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Sentyabr 2011, 20:08:06

Judayam xursand bo`ldim. O`zbek xalqi uchun jon kuydirgan shunday insonga bu mukofot ham kamlik qiladi, bundanda buyukroq, bundanda muvaffaqiyatliroq g`alabalarni tilab qolaman. Omad yor bo`slin!

Qayd etilgan


anisa  26 Sentyabr 2011, 20:33:34

Muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Sentyabr 2011, 21:03:56

Tabrik tabrik..
uylantirib qoyila buni tez, qizlar oravolib napas olomiydigan bob qolmasin orgulu

Qayd etilgan


Habib  26 Sentyabr 2011, 21:42:34

Қувончингизга шерикмиз! Баракасини берсин! Аллоҳ ишларингизга снада ривож берсин!

Qayd etilgan


Shuhrat_  26 Sentyabr 2011, 21:50:16

 :asl3:
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Tabriklayman , bundanda baland darajaga etishib yuring

Qayd etilgan


Shokir  26 Sentyabr 2011, 22:16:36

 :asl3:
Tabriklaymiz Chustiy aka kelgusi ishlaringizda ham yaxshi natijalarga erishib yurishligingizni Allohdan so'rab qolamiz● Hush habarlar davomli bo'lsin  ;)

Qayd etilgan


Chustiy  26 Sentyabr 2011, 22:16:50

Barchangizga katta rahmat.
Rostini aytsam 1- o'rinni olamiz deb sira kutmagan edim, chunki festivalda ishtirok etgan saytlar ham anchagina jiddiy loyihalar edi...

Lekin saytni ochishdan oldin do'stimiz va tex.admin bo'lmish Ammor bilan suhbatda "Hudo hohlasa bu yilgi internet festivalida birinchini olamiz" deb niyat qilgan edik.

Bu g'alaba faqat Chustiyniki degan kishi hato qiladi, chunki bu yutuq barchamizniki. Chunki sizlarning e'tiboringiz, tashrifingiz va faoliyatingiz bo'lmasa bu oddiy bir sahifa bo'lib qolar edi...
Qolaversa bu saytni hozirgi kungacha yetib kelishiga ko'pgina kishilarning ham qadrli, qimmatli mehnati ketgan, jumladan Ammor, muazzin, Habib, registan, Yurist, akula va boshqa bir qancha yaqinlarimizning yordami beqiyos hisoblanadi...

Barcha tashrif buyurgan va ko'mak bergan insonlarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman, shuning bilan birga ushbu festival tashkilotchilari, mutasaddilari va saytimizni qadrli baholagan hay'at a'zolariga ham o'zimizning cheksiz minnatdochiligimizni izhor etib qolaman....


Qayd etilgan