Ilm va ziyo > Darsxona

"Bushro" arabcha-o'zbekcha, o'zbekcha-arabcha mobil lug'at

(1/1)

Olimxon:
Assalomu alaykum.
Yaqinda "Bushro" nomli arabcha-o'zbekcha hamda o'zbekcha-arabcha mobil lug'at dasturi ishlab chiqildi.
Arabcha-o'zbekcha lug'at tarkibida 36000 ga yaqin so'z va iboralar kiritilgan. O'zbekchadan-arabcha lug'atda esa 20000 dan ziyod so'z va iboralar mavjud. So'zlarning barchasi Харлампин Баранов ga tegishli "арабско-русский словарь" lug'atidan tarjima qilib olingan.
Dasturning imkoniyatlari:
    *  So'zlarni bosh harflariga qarab alfavit bo'yicha qidirish
    * Fe'llarning o'rta o'zagini bilish
    * Fe'l boblari haqida ma'lumot
    * Siniq ko'pliklar
    * Muannas jinsidagi so'zlar
    * so'zning transkripsiyalarini bilish
    * va yana boshqa imkoniyatlar
Dastur Java ilova (application) larni o'qiy oladigan har qanday telefonlarda ishlay oladi.
Dastur muallifligi O'zbekiston davlat patent idorasi tomonidan himoyalangan.
Dasturning demo versiyasini ishlatib ko'rish uchun qo'l telefoningizdan www.bushro.com/demo.php adresiga kiring va yuklab oling.
Dasturni to'liq versiyasini yuklab olmoqchilar quyidagi manzillardan biriga murojaat qilishingiz mumkin:
1.  [email protected]
2.  +(99873) 790-74-78  (soat 15:00 dan keyin)
3.  +(99873) 955-81-80

Usmon:
Hali dasturni o'zini ko'rmadimku, lekin ta'rifidan yaxshiga o'xshaydi. Har holda ilk qadamlardan, xato topisham uyat bo'lar. Zo'r ish qipsiz lokigin.

Shu disez, narxiniyam yozovrmaspizda shuyoqqa, saytdanam topomadim, uyalmen, buyoda hammasi o'zibizzikila....

Sayyod91:
narxi qancha bu programmani? keyin bu progni ustanovichnisini ham beraslarmi?

كوثر:
manam shundan foydalanib turaman, yaxshi lekin

Navigation

[0] Message Index

Go to full version