Taksida ketayapman ishga. Yo'lda ikkita xola turishgan ekan, ularni ham olvoldik. Xolalar o'zaro gaplashib ketishayapti:
- Kecha mahallamizdagi to'yni eshitdingizmi, ikkita to'y bo'ldiku, qiz chiqarishdi. Kuyovjo'ralar yor-yorni baralla qo'yib kirib kelishdi, kelinnikiga. Biz ham kuyov-kelinni kuzatib qo'yish uchun to'planib turgandik. Kelin turgan uyga kirgach kuyovbola qo'lidagi gulni berayotib - "Iye! Uyamas, kelin boshqaku!" - deb baqirvorsa bo'ladimi... Ahmatakaning kuyovi adashib birinchi uchragan to'yhonaga - Mirkomil tog'anikiga kirib ketibdi....
Rosa qotib kuldik! Ishhonaga borgach, buni ishchilarga aytib berayotsam bir sherigimiz - "O'sha kuyovjo'ralar bizlar edik," - deb turibdi-yu!
Ana kulgu...