Yo'lnoma  ( 41563 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Sanjar  08 Dekabr 2011, 11:46:56

Sirdaryo viloyatiga kirdik. Yo'llar ancha bo'shab qoldi. Lekin 747 km lik "Katta O'zbek trakti" ancha ta'mirtalab bo'lib qolibdi. Mashina sakrab-sakrab ketyapti.

Safariz bexatar bo'lsin! Eson-omon, sog'-salomat ko'zlagan manzilizga yetib oling!

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 12:30:49

Muhammad Sanjar, rahmat. Jizzax viloyati hududiga kirdik. Yo'llar "ilma-teshik". Bunaqa ko'p "yama"ni anchadan beri ko'rmagan edim. Lekin haydovchi ham ustasi faranglardan ekan. Tezlikni 100 km/soat dan tushirmayapti. Yo'l qoidasi - umr foydasi, deyisharmidi?:) Alloh barcha safarda yurgan birodarlarimizning safarlarini bexatar va manfaatli qilsin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 13:04:22

Jizzax viloyatidagi tog'larga qor tushibdi. Shu yerdagi dovonda taxminan 10 km dan ortiq masofada MTS ham, Beeline ham ishlamayapti. Ucell ni tekshirib ko'rish imkoni bo'lmadi :).

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 13:32:24

Samarqand viloyatiga kirdik. Tekisliklarga ham yaxshigina qor yog'ibdi. Yo'llar ancha yaxshilanib qoldi. Har holda mamlakatning ikkinchi raqamli shahriga olib boradi bu yo'llar :) Ko'hna va navqiron Samarqandga. Ochig'i shu antonim so'zlarning ushbu shahar nomiga sifat bo'lib yopishganiga tushunmayman. Qofiya kelganda ma'no odamgarchilik qilib yo'l berishi shumikan yoki?

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 14:08:29

Katta trassa bo'yidagi Samarqand non bozoridamiz. Dunyoga mashhur nonlar 1100-1250 so'm oralig'ida sotilayotgan ekan. Har toifadagi odamlar. Hamma tirikchilik dardida. Tojikcha suhbatlar quloqqa chalinyapti. Ajoyib joy.

Qayd etilgan


ree7  08 Dekabr 2011, 15:59:56

Iye Musannif Adham, tinchlikmi? Sizni nima jin urdi dermidi ))
-Rahmat aytdi: 2
Oxiri "bore" deb bosvoribsizda ))
Ko'zlagan manzilizga eson-omon yetib oling. Safar bexatar bo'lsin

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 18:18:40

Alhamdulillah, manzilga yetib keldik. Bungacha Jomboyda yoqilg'i quyish shohobchasida 1 soat 50 daqiqa davomida gaz quydirdik. Keyin 140 km lik kimsasiz cho'l yo'li bilan Qarshiga yetib keldik. To'g'ri yo'lda qishloqlar, atrofi dalalar bilan qurshalgan kollejlar bor ekan. Lekin bunaqa odam siyrak uchraydigan yo'lni anchadan beri ko'rmagandim. Hozir Qarshi zim-ziyo ekan. Kamiga tuman ham tushibdi. Ertaga tong otsin, hammasini ko'rarmiz balki :).

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Dekabr 2011, 13:55:52

Mavzuning nomi o'zgargani yaxshi bo'libdi. Endi kim safar taassurotlarini yozmoqchi bo'lsa mavzu bor. Bahonada bormagan joylarimiz haqida ma'lumotga ega bo'lamiz. Endi bevosita o'z yo'lnomamizga qaytsak. Jum'a namozini Qarshidagi Ko'k gumbaz masjidida o'qidim. Masjid yaxshi ekanu, xonaqosi juda kichkina ekan. Ko'pchilik tashqarida, hovlida namoz o'qidi. Yer zax. Bundan tashqari masjidning kamida 1 gektarlik archa va ajriq (!) ekilgan bog'i bor ekan. Shuning o'rniga katta va issiq xonaqo bo'lsa yaxshi bo'lardi, deb o'ylab qoldim. Lekin tahoratxonasiga gap yo'q. Muhimi issiq suv bor. Yana bir xursand qilgan jihati masjidda yoshlar ko'p ekan. 3 yil oldin Shahrisabzdagi masjidda jum'a o'qiganimda eng yoshi o'zim edim, adashmasam. Yoshlar ko'pligi Islomning rivojidan darak, Insha Alloh. Shaharda din kuchli bo'ladi, deyishardi. Hozircha to'g'ri kelyapti...

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Dekabr 2011, 15:39:49

Qarshidagi Ko'k gumbaz masjidining ichidaman. Boya jum'ani hovlida o'qigan edim. Lekin xonaqo ham sovuqlikda tashqaridan qolishmaskan. Shoirona aytganda devorlardan va yerdan  "zax hidi ufurib turibdi" :). Ayni kunlarda Qarshida asr 15:20 da o'qilayotgan ekan.

Qayd etilgan


Donishmand  10 Dekabr 2011, 15:58:45

Mavzuning nomi o'zgaribdimi... Hayrli bo'lsin!
Hozirgina bo'lgan voqea:
Taksida kelayapman. Shofyor shu yerlik bo'lsa ham yo'lni yaxshi bilmas ekan, tez-tez "qayoqqa yuray" deb so'rab qo'yadi. "Мос мечта"ning oldiga kelganda hayollarni yig'ish uchun qo'limni yuzimga olib bordim. Qarasam taksichi rulni qo'yib yuborib yuziga fotiha tortayapti, mening harakatimni ko'rib "bu yerda qabriston bor ekan" deb o'ylabdi...
Keyin manzilga yetib borguncha qo'limni ko'tarmadim...

Qayd etilgan