Yo'lnoma  ( 41557 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Donishmand  05 Oktyabr 2011, 10:33:39

Bir kuni avtobusda bir ayol manga kulib qarab qo'ydi. Manam kulib qo'ydim javob tariqasida. Avtobusni u bowidan bu oxirigacha mani kuzatib keldila. Keyin qarasam man tuwgan ostanovkada birga tuwdik. Orqamdan kimdir: hoy wowmang, siz falonchi atel'eda iwlab ketganmidiz deb qoldila o'wa ayol. Uzr, siz rosa o'wa qizga o'xwarkansiz deb qoldila :)
ko'cha-ko'yda notaniwlardan tasodifiy ko'p ewitadigan gapim: "siz falonchimasmisiz?", "siz rosa falonchi kursdowim, sinfdowim, yaqin dugonamga, qarindowimizga, taniwimizga" va hokazo savollarni ko'p beriwadi. Bilmadim, balki manga o'xwaw chehralar ko'pdir... :7
Buning sababi ikkita bo'lishi mumkin. Birinchisi, haqiqatdan ham sizga o'xshash chehralar ko'p. Ikkinchisi, sizga atayin gap tashlamoqchi bo'lishadi shekilli, bu ham bir bahonada... :)

Qayd etilgan


Donishmand  06 Oktyabr 2011, 19:08:37

Taksida ketayapman ishga. Yo'lda ikkita xola turishgan ekan, ularni ham olvoldik. Xolalar o'zaro gaplashib ketishayapti:
 - Kecha mahallamizdagi to'yni eshitdingizmi, ikkita to'y bo'ldiku, qiz chiqarishdi. Kuyovjo'ralar yor-yorni baralla qo'yib kirib kelishdi, kelinnikiga. Biz ham kuyov-kelinni kuzatib qo'yish uchun to'planib turgandik. Kelin turgan uyga kirgach kuyovbola qo'lidagi gulni berayotib - "Iye! Uyamas, kelin boshqaku!" - deb baqirvorsa bo'ladimi... Ahmatakaning kuyovi adashib birinchi uchragan to'yhonaga - Mirkomil tog'anikiga kirib ketibdi....
Rosa qotib kuldik! Ishhonaga borgach, buni ishchilarga aytib berayotsam bir sherigimiz - "O'sha kuyovjo'ralar bizlar edik," - deb turibdi-yu!
Ana kulgu...

Qayd etilgan


Arkmon  06 Oktyabr 2011, 20:46:59

bir ozna bozorda namozdan qoytib ketayotsam, orqimdan  ikki Artichlik Uyg'ur suhbat qurib chiqiyobti:
___ qolpoqqa bob Qirg'iz yo'q, deganday, munu jomada jumaga tushli iymom yo'q ekana?
___ hoy odash, Qirg'iz burodarlar ishtsa noxushlighi tutmasin, Qirg'izgha bob qolpoq yo'q desangchi!

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Oktyabr 2011, 21:43:41

Nimaaaaa

Qayd etilgan


Best friend  08 Oktyabr 2011, 00:34:56

bir ozna bozorda namozdan qoytib ketayotsam, orqimdan  ikki Artichlik Uyg'ur suhbat qurib chiqiyobti:
___ qolpoqqa bob Qirg'iz yo'q, deganday, munu jomada jumaga tushli iymom yo'q ekana?
___ hoy odash, Qirg'iz burodarlar ishtsa noxushlighi tutmasin, Qirg'izgha bob qolpoq yo'q desangchi!

 А­мне Кс‹ргс‹здардс‹н устунон кулуп жатасс‹нарбс‹? Ис? Одон коро Озбекке мас топпу жок скен десенер жакшс‹ болмок сле. Dеgаn bo'lardi eshitib qolishsa.

Qayd etilgan


Muslimahon  17 Oktyabr 2011, 06:06:21

 :bsm3:
 :asl3:
New york ga birinchi kelgan vaqtlarim edi. "hi" "bye" dan boshqasini (og'zaki gaplashishda) ishlatolmasidim. Bir kuni qaysidir addresga borishim keragidi. Bus ga chiqsam adashaman dib "walking" (pishkom)midi)  :) yurdim. 15 minutda boradigan joyga 1 soatu 25 minut aylanib qidiribman. Yoz chilla edi. Charchab oxiri bir yo'lovchidan to'g'ri yo'lni sorashga axd qildim. "bus stop" ga borib bir amakidan "you know where is this addres?" deb qo'limdagi qog'ozni korsatdim. U amaki ham "siz so'rayotgan adres to'rizda turibti qizim" dedi o'zbek tilida.  :D shu vaqt ustimdan bir chelak yax suv quygandak joyimdan qo'zgalmadim  :o kn atrofdagi odamlarga qarasam hammasi o'zbek, rus, turk ekan  :D issiq kunda, begona joyda hech kimmi ko'rmabmanam  ;D

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 10:59:34

Assalomu Alaykum. Yangi mavzu ochmoqchi edim. Lekin ushbu mavzu ham safarimga mos kelar ekan. Xullas, bundan 20 daqiqa oldin Toshkent - Qarshi yo'nalishida yo'lga chiqdim. Agar Beeline ning maqtalgan Click ta'rifiga ulangan sim karta pand bermasa yo'l taassurotlarini yozib boraman, Insha Alloh. P.S. Beeline bilan amaliy sinov bo'yicha shartnoma tuzsam bo'larkan.  :)

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 11:13:13

Avvalo yo'llar va yoqilg'i muammosi haqida. Biz chiqqan mashina haydovchisi kecha kechqurundan bugun ertalab soat 05:50 gacha gaz quydirish uchun navbatda turibdi. Oldin benzin muammosi bo'lardi. Endi gaz ham "otliqqa yo'q matoh"ga aylandimi? Otchopar yaqinidagi yo'llar esa dam olish kuni bo'lishiga qaramay o'ta tirband. 

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 11:18:20

Chinoz tumani Olmazor qishlog'i hududida bir necha gektar yerda paxtazorlar hali ham turgan ekan. Qolib ketgan ko'saklar oppoq bo'lib ochilib turibdi. Bunaqasini birinchi marta ko'rishim. Qor o'rniga paxta. 8 dekabrda-ya!?

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Dekabr 2011, 11:37:28

Hozircha Beeline ning interneti "uchyapti" :). Sirdaryo viloyatiga kirdik. Yo'llar ancha bo'shab qoldi. Lekin 747 km lik "Katta O'zbek trakti" ancha ta'mirtalab bo'lib qolibdi. Mashina sakrab-sakrab ketyapti. P.S. Yo'l nazorati bo'yicha mas'ul idoralar bilan ham shartnoma tuzsam bo'larkan :).

Qayd etilgan