Yo'lnoma  ( 41587 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Sanjar  12 Dekabr 2011, 23:13:08

Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga...

Donishmand aka, safariz bexatar bo'lsin! Sog'-salomat yetib kevolinglar..

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Dekabr 2011, 23:53:31

kichkina tor kochalarda moshina haydasham qiyin.. asason man uchun, tez haydaydigan betayin haydovchilarga bunday kichkina yolda haydash huddi tog'da baland poshnali tuflik bilan yurgandek boladi..
mana, shu shaharga keganimdan beri bugun moshinani olib, bir bozorga Hilola qiladigan ishlarni qilish uchun yolga tushdim, birinchi BulaAKAni ishga tashab, soat 8 yarimlarda Bozorga yo'l oldim... yolda haydavoman-u, telfon smsi kelurib  hit qivordi.. ochib qarasam, bulaAKA, sekin hayden, sekin mayhayden, oziz-ku mayli moshinani asrang dib qayta qayta yozvoribdila... (hazilashibmi unisini bilmiman, erke zotini tushinish qiyin)
Ishqib, maniyam jahlim chiqib 8;45 diskni qoyib, kuchlik tezlikda yura boshladim... juda tez yurdim. hech kimni-ku oldirib nogiron qilganim yog'-u.
ishqib, bozorga yetib kelib, hudoyimga SHukur dib tursam, qolimdagi soatga qarayman-dib, yonimdan kelyotgan bir Ho'kiz moshinani urvordim..
Agar kichkina moshina boganda, ha mayli kormiy qoldim digam bolardim, lekin moshinani haybati odami qo'rqitadi... Boshida, hayolimda boldi dib turib kozimni ochsam, haqiqatrdan ekan,.. o'zimga lanatlar aytib moshinadan tushsam, moshinaga hech narsa bomapti., lekin haybatli moshinaga ozgina qirilibdi...
haydovchini yuziga qarab kulgim keldi..
yaxshi odam ekan-mi, agar 40$ bersen, politsiyasiz qoyvoraman didi.. ha nima palitsiyani chaqirib qamalib ketmiy dib, 30$ bervordim.. ;D(albatta narh ustida kelishdik)
mana hozir hech narsa bomagendey uyga keldim.. bu hodisani, faqat forumdagilar, ozim va osha haybatli moshina haydovchisi biladi holos, chaqmachaqirlik bolmaydi dib oyliman...
eyyy.... odami eri bogandan kiyin qo'rqarkanaman... yashirincha ish qilish qiyin erke zoti bilan..
o'ziga buyursin moshinasi, boshqa haydaganim bosin-eee...

Qayd etilgan


Donishmand  13 Dekabr 2011, 00:28:59

Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga...

Donishmand aka, safariz bexatar bo'lsin! Sog'-salomat yetib kevolinglar..
Rahmat, Olloh sizning umringizni behatar va boamal qilsin!
Azizbek_mx aytganlaridek, antenna yaxshi chiqmayapti yolda. Shunga ko'ra forumda biroz tanaffuss qilamiz. Ya'ni "Леривалнас пауза" ...

Qayd etilgan


Muslimahon  13 Dekabr 2011, 06:49:43

Belle honim,
Dunyoda 2 ta narsani yomon koraman. Biri moshina xaydashni ikkinchisi siz yashirincha qilishga majbur bogan shunaqa holatlani. Torirog'i kimdur ota onayizdanam qattiq qo'l,
Xo'jayin bolishini... :@

Qayd etilgan


Donishmand  14 Dekabr 2011, 18:50:48

Insonlar, taqdirlar, yo'llar xilma-xil.
Shimoliy vokzaldan 40 yoshlardagi bir odamni, Qo'yliqdan 23 yoshdagi yigitni olib yo'lga tushganimizda men o'ylamagandim mashinamizda ikkita  bir-birigra ummuman zid qarashlar, taqdirlarni olib ketayotganimizni...
Tirikchilik ilinjida Ufa shahrida ishlab kelayotgan bu odam o'zi gap ochib qoldi:
- Bu yerda qiyin, u yoqlar bilan umuman solishtirib bo'lmaydi. Biz hali ancha orqadamiz! ...
Hullas, u yer unaqa, bu yer bunaqa, degandek diydiyo boshlandi. Odamlar qiziq.
"Jahongashta sayyoh"dan reportajni boshladik:
- Qancha ishladingiz u yoqda?
- Bir yilcha bo'ldi.
- Daromad yaxshi bo'ldimi?
- Nolimayman, nasibaga yarasha.
- Bolalar bu yerda qolishganmi?
- Ha, shu yerda. O'g'illar-qizlar, hammasi.
- Hozir shu topib kelganlaringizni uyingizga olib borasiz-a? Oilangiz bilan behavotir yaxshiliklarga ishlatay deysiz, shundaymi?
- Ha, albatta-da!
- U yoqda bir yil yurganingizda uyingizdan ko'nglingiz hotirjam, tinch bo'ldi. Chalg'imay ishladingiz, pul topdingiz-a?
- Ha, telefonlashib turardik, har hafta. Ba'zan yangiliklardan ham habardor bo'lib turardik.
- Ha, rahmat, yashang! Agar uyingizda qandaydir tashqi havotir bo'lganida u yoqqa ishlagani borarmidingiz, ishlab pul toparmidingiz?
- ...
Aka sukut saqladilar. Edni yosh yigitchadan so'radik (asida u o'zi gap boshladi, ismimni qayerdandir bilib olibdi. Ismimni aytib murojaat qildi).
- Siz Qarshidan kelayapsizmi?
- Ha aka. Biroz ko'rgulik bor ekan, shuni o'tab kelayapman, olti yarim yil.
- Juda yoshsizku, nima bo'lgan edi o'zi?
- Yoshlik qilib ozgina egrilikka aralashib qolgan edik. Mana endi shuning jazosini o'tadik.
- Hmm, olti yarim yil - aytmoqqa oson-u, odam bir joyda olti kun majburlikdan o'tirsa qay holga tushishini bilaman. Hozir o'zingizni qanday his qilayapsiz, hamma narsa ko'zingizga boshqacha, zavqli ko'rinayaptimi?
- Ey aka, o'zimga sig'may ketayapman, rosa baqirgim kelayapti-yu... Uyga borsam, agar katakda tovuqlar bo'lsa katakni buzib tashlayman, kaptarlar qafasda bo'lsa qo'yvoraman, itni ham bog'lamayman aka! Ozodlikning, erkinlikning qadrini ... (Keyingi gaplarini ikkinchi yo'lovchiga qarab aytdi) Shukur qilish kerak, hafa bo'lmag-u, siz noto'g'ri fikrlar ekansiz!
- Endigi maqsadlar qanaqa, biror kasbingiz bormi, nima ish qilmoqchisiz?
- Kollejda o'qirdim, undan haydaldim. Endi yana o'qiyman, biror ishni mahkam ushlayman, degan niyatlar bor aka.
- Har qanday dog' vaqtlar o'tgan sari yuviladi, unutiladi. Faqat uni yana yodga tushiradigan ish qilmaslik kerak. Shunday qilolasiz deb o'ylayman?
- Aka, maqsadim ham shu, men bu dog'ni yuvaman. Hayotning qadriga yetdim. Olti yil u yoqda qilgan mehnatimni uyimda qilganimda ostonam oltin bo'lar edi. Demak, ishlasa bo'lar ekanku, halol ishlab pul topsa ham odam boyiy olarkanku. Tarbiyalashdi, tarbiyalandik, boshqa ko'rmaylik...

Bu ikki odamni manzillariga yetkazgunimizcha yana ko'p suhbatlar qildik. Ularni kuzatib qolarkanman, ichimda duo qildim: "Olloh boshqa adashmaslikni, to'g'ri yo'lda sobit bo'lishni nasib qilsin"...

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Dekabr 2011, 12:07:14

Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna laha muqriniyn. Va inna ila robbina lamunqolibiyn. (Safarga chiqqanda va ulovga minganda o'qiladigan duo. Tarjimasi: "Bizga buni bo'ysundirib qo'ygan Alloh Pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va albatta Robbimizga qaytuvchimiz".) Assalomu Alaykum. Yana yo'ldaman. Yo'nalish: Shahrisabz-Toshkent. Masofa 400 km dan ortiq. Taxtiqoracha dovonidan o'tar ekanmiz. Menimcha bu yerdan birinchi yurishimiz. Kitobdamiz ayni paytda. Insha Alloh yana o'sha Beeline ning Klik ta'rifidagi sim karta ishlab tursa yo'l taassurotlarini yozib boraman.

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Dekabr 2011, 13:05:47

Taxtiqoracha dovonidan o'tish 40 daqiqacha vaqtni oldi. Shundan yarim soatini videoga oldim. Dovonda Beeline ishlamadi. Samarqand viloyatiga kirib, Qoratepa suv omboriga yetgandan keyingina antenna paydo bo'ldi. Dovon ajoyib ekan. Tog' yonbag'irlariga yaxshigina qor tushgan. Shahrisabzda siyrak tuman bor edi. Dovonda quyosh chiqib ketdi. Samarqand qup-quruq. Hech qayerda qor yo'q.

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Dekabr 2011, 13:38:57

Samarqand non bozorida to'xtab pastga tushdik. Quyosh chiqib turgan bo'lsa-da, izg'iringa chidab bo'lmadi. 4 ta non olib tezda mashinaga o'tirdik. Keyin Zarafshon daryosidan o'tdik. Qish bo'lgani uchunmi ancha sayozlashib qolibdi. Jomboyda Case traktorini ko'rdim. 5-6 yil burun AQSh bilan oramiz buzilganida mana shu Case ham malomat qilingandi: "yerni qotirib tashlarkan, o'zimizning traktorlar yaxshi". Lekin bu baquvvat traktor hali ham xizmatda ekan. Aytishadi-ku: "Eshakning go'shti harom, xizmati halol" deb :). Bulung'urdamiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Dekabr 2011, 14:55:26

Jizzax viloyatiga kirdik. Toshkent-Qashqadaryo orasidagi yo'llarda g'alati tartib paydo bo'libdi. Yo'lning muayyan nuqtalarida DAN xodimlari uzoqdan tasvirga oluvchi Lasetti mashinasini chetga olib tezlikni oshiruvchilarni kutib o'tirisharkan. Mashinada YPX ga tegishli ekanini bildiruvchi belgi ham yo'q. Lekin shunday mashina yonidan bilmasdan yuqori tezlikda o'tib ketsangiz, orqangizdan quvlab yetib yaxshigina jarima solarkan. Lekin haydovchilar ham anoyi emas. Bunaqa mashinalar qayerda turishini yodlab olishgan. Yaqinlashishi bilan tezlikni keskin pasaytirib, oradan bir km o'tgandan keyin tezlikni yana 100 km/soat dan ham oshirib, uchirib ketaverishadi. Bu tartibdan kimga foyda? Ochig'i uncha tushunmadim.

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Dekabr 2011, 15:10:48

G'allaoroldagi Anton-5 yoqilg'i quyish shohobchasida 40 daqiqa turib metan gazi quydirdik. Abu Muso akamiz aytganlaridek navbat yo'q deb bo'lmaydiyu, lekin navbat kilometrlab cho'zilmaganini ta'kidlash lozim. Taqqoslash uchun - 12 kun oldin Jomboydagi AYoQShda 2 soat kutgan edik. Haqiqatan Jizzaxliklar kon topganga o'xshaydi :) Ayni paytda G'allaorolning mobil telefonlar ishlamaydigan baland tog'laridan o'tyapmiz. Quloq xuddi samolyot uchib-qo'nayotgandagi kabi shang'illab bitib qolyapti. Bu postni antenna chiqishi bilan chop qilaman.

Qayd etilgan