Bu mavzuni endi ko'rib qoldim. Hecham esimdan chiqmaydigan bir voqea bor.
O'shanda maktabda o'qirdik. 7- sinfda. Maktabga 500 so'mga kinoga bilet kelgandi. "Men va Sen"degan Hind kinosiga. U paytda Sergelida yashardik. "el pasu"degan kinoteatorda ekan. Xullas,darsdan keyin butun maktab ketdi. Man dugonam Shirin bilan qolib ketdik. Kechro borganimiz uchun. Ikkalamiz ham to'g'ri maktabga borib kelganmiz,Sergelini boshqa joylariniyam bilmasdik.
Sergelida deyishganiga astanofkaga chiqib,Yarmarka tarafga boradigan avtobusga chiqishimiz kerak edi. Shirin "yo'q anu astanofkadan ketiladi"deb mani boshqa astanofkaga sudradi. Birinchi kelgan avtobusga chiqib ketganmiz.
Qarasam,Sergelidan chiqib ketvomiz. Qo'rqib ketdim,"ko'chani bilmiy adashib qolsek,keyin bizani melisa tutib olib ketib qoladi,rasa yig'limiz"degan hayol o'rab olgan.
Odamlardan so'rab, Kinochilar uyiga borganmiz. Borsek,unaqa kino allaqachon tugagan ekan. Yana yo'lda odamlardan so'rab, Konservatoriya taraf bo'ylab, Alisher Navoiy ( Panorama) kinoteatrga bordik. U joydayam bu kino yo'q ekan. Yo'lda kimdan so'rasek ham,bilmiyman,deyishadi. "El-pasu"kinoteatrni hech kim bilmiydi
Keyin uyga qanaqa qilib borishni bilmasdan, yana odamlardan so'raganmiz Chorsuga qanaqa qilib borishni. Sharmanda,bizaga hayron qarab,yo'lni tushuntirishardi
chorsu bozorga kelgandim,bu joydan uyga ketishni bilardim-de
Navoiy ko'chani peshkom yurib chiqqanmiz. Bir joyda 1ta qiz bilan 1 ta bola turgan ekan,borib so'ragandim. "Kechirasila,Sergeliga qanaqa qilib borsa bo'ladi"dib so'rasam,qiz jim,yonidagi bola "Avtobusda.."diydi.
"Bilaman avtobusda boradi. Qaysi avtobus"desam , "Bilmiyman"degan.
Navoiy ko'cha tugagan joyda turgan ekanmiz. Shundo orqaga qarasam Sirk.
"voy man bu sirkni Televizorda ko'rgandim.3-sinfda ustoz ham olib kelgandila, shu joyda astanofka bo'lishi kere"dib astanofka qidirib topib, 132 avtobusga "Sergeli" dib yozgan ekan,ushanga o'tirib uyga qaytib ketganmiz
Usha kun esimda. 5-mart. Opam 18 yoshga to'lgan kunlari edi. Kinochilar uyidan, Alisher Navoiy,keyin Navoiy ko'chadan yurib Hadraga peshkom yurib, 1hafta oyog'imiz og'rigan. Hirotni aylanib chiqqandek bo'lgandi. Shu bilan avtobusga o'qishga kirganda o'tirganman.
Ertasiga maktabga borgan hamma. Kino ko'rishgan. Biza bo'lsek bir olam ta'assurot bilan,ham kino ko'rolmiy qolib,ko'chada adashib qolganimiz uchun xafa bo'lib o'tirganmiz.