To‘kin dasturxon ustida ichilgan qasam hali elparvarlikdan ham, insonparvarlikdan ham darak bermaydi.
***
«Yerning Quyosh atrofida aylanishini Galileyning zamondoshi ham bilardi, lekin uning uyida xotin, bola-chaqasi bor edi» (Ye.Yevtushenko). Haqiqatni aytishga hammada ham iroda topilmasligining boisini endi payqagandirsiz.
***
«Yoy o‘qi bizga haqiqatni qanday izlashni o‘rgatadi» (Konfutsiy). Qani edi, barcha haqiqat izlaganlar yoy o‘qidek o‘z nishoniga yetsa...