...Siqilib g'amlardan bo'lganda mahzun,
Yo'qolib ketganda umid hislarim.
Bo'lsa tor yo'llarim uzundan uzun,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.
Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo'lsa so'zlarim.
Mehrga tashna bu foniy jahonda,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.
Hayotdan go'zallik istayman holos,
Oltin tog'ni havas qilmas ko'zlarim.
Har qachon, har joyda Sizdan iltimos,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.
Siz sabab nogahon omadim kulsa,
Oftobdek charog'on etsa yuzlarim.
Mo'jazdek yuragim quvonchga to'lsa,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.
Hammamiz otlansak boqiylik tomon,
Qalblarni bezasa ezgulik, iymon,
Jannat go'zalligin his qilgan zamon,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.
Hurmat ila...JaruleUZB...04.16.06