Bolalar sporti.  ( 11352 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


muxlisa  25 Oktyabr 2011, 18:11:34

Assalamu alaykum.
Bolalar sporti haqida gaplashsak. Hozirda bolalarni sportga qiziqtirish ishlari yaxshi rivojlanyapti. Sport majmualari, suv havzalari, sport maydonlarida bolalar u-n sharoitlar yaratilgan. Shug'ullanish u-n bolalarni istagan sport turiga berish mumkin.
Shu o'rinda ba'zi savollarimga fikr-mulohazalarilani bilmoqchi edim:

Bolani necha yoshdan sportga bersa bo'ladi?
Bola u-n qaysi sport turi  foydasi ko'p desa bo'ladi?
masalan, yaqinda muay-tayni tomosha qilib turib, o'ylab qoldim, bu sport turi zararmasmi  yosh bolaga?

Kelajakda (agar u shuni ixtiyor qilsa) farzandingiz mashhur sportchi bo'lishini xoxlarmidiz? :)

Qayd etilgan


ibnUyayna  28 Oktyabr 2011, 00:22:23

yoshligidan berish kere sportga..bollani yoshligidan chiniqtirsh zarur
bu bilan asosan otalar shugullansa yaxshi..
masalan bolani yoshligidan qiziqtirib ota ertalab birgalashib yugurishsa yaxshi...
  muay-tay zor sport,jestkiy,manga yoqadi..ozim qatnashgamman Dinamoda,Trudovoy Rezervda..yana karate,wrestling..

Qayd etilgan


Ziyovuddin  28 Oktyabr 2011, 09:40:37

Jangari sport turlari kerak deb o'ylayman, agar bolangizdan xavotirlansangiz suv sporti ham ancha foydali. O'zim yoshligimda erinmasdan suzishga qatnashardim.

Qayd etilgan


Ansora  29 Oktyabr 2011, 13:32:02


Kelajakda (agar u shuni ixtiyor qilsa) farzandingiz mashhur sportchi bo'lishini xoxlarmidiz? :)


Albatta xohlardim : )

Qayd etilgan


azizbek_mx  29 Oktyabr 2011, 15:17:06

menga katta maydon tennisi yoqadi. qisqa muddatga shug`ullangandim ham. Dadam bizni bokschi bo`lishimizni hoxlardila. Lekin bizdan bokschi chiqmasakan  ;D

Qayd etilgan


Aqoid  29 Oktyabr 2011, 17:04:44

Sizdan bokschi chiqmasligi aniq:-)
Bolani avval gimnastikaga(5 yoshdan), keyin suzishga, undan keyin yakka kurashlarga bering.
Endi farzandimizni sportchi bo'lishiga kelsak, Man.utd, Barca, Milan da futbol o'ynasa-a!

Qayd etilgan


muxlisa  01 Noyabr 2011, 09:42:12

Sport majmualariga mashg'ulot u-n borib turganim u-n o'sha yerda ishlaydigan bir tanish rus hamshira bilan gaplashib qoldik. Turli sport turlar haqida so'radim. birdaniga dardi ochilib qoldimi, bir voqeani aytib berdi.
  "Qaysidir yili muay-tay bo'yicha bolalar va o'smirlar orasida musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqa bo'layotgan paytda hamshira ham ishtirok etishi shart bo'lgani u-n men o'sha yerda edim. Sportchilar sparingga tushib bir-biri bilan ayovsiz urishishar edilar. Trenerlar qizishgan, hamma o'zini shogirdini yutishini xoxlidi. bitta bola sopernikiga zo'r kelishshi boshladi, urib yotibdi. Raqibi yiqilib tushdi, burni qonaganmi, xullas yuzi qon. Yugurib bordim. Trenerga "o'yinni to'xtat", desam, "san aralashma", desa bo'ladimi. shogirdiga esa "tur! tur orningdan!" deb baqiryapti. Boshidan yeganmi, bechara yigitchani turishga holi yo'q.  Rosa jahlim chiqdi.
Keyin bunaqa jangari sport musobaqalariga qatnashmadim."
"anu jit kun-dosiyam shunga o'xshagan, shogirdini kotta sportga olib chiqish u-n trener bollani ayab o'tirmas ekan.", deb qo'shib qo'ydi.
  Hamshira ozgina oshirvordi, bu sportlar unchalik bezposhshadniy emas deyishingiz mumkin. Lekin bolaga yoshligidan boevoy duxini oshirish u-n haddan tashqari qattiqqo'llik qilish, uni ruhiy holatini  o'zgartirib yuborishi mumkin deb o'ylayman... shu haqda nima deysiz?

ruscha so'zlar aralash post u-n uzr.

Qayd etilgan


muxlisa  01 Noyabr 2011, 09:50:56


Endi farzandimizni sportchi bo'lishiga kelsak, Man.utd, Barca, Milan da futbol o'ynasa-a!

Sizni va boshqa futbol ishqibozi bo'lgan forumdoshlani tushunaman. : ) Nasib qilsa, kelajakda  "Bugun o'glimizni o'yini, tomosha qilish esiladan chiqmasin!" deb bitta post qilsangiz, forumdoshuzzi o'gli kotta futbolchi bo'pketibdi deb, futbolga qiziqishni boshlab yuborishim xech gapmas. :7

Qayd etilgan


Aqoid  01 Noyabr 2011, 10:34:34

Inshaalloh!

Qayd etilgan


Shuhrat_  24 Noyabr 2011, 03:52:59

 :asl3:
bolalarni sportga berish kerak deb o'ylayman (garchi undan sportchi chiqmasa ham)
bola sog'lom o'sadi,kasal bumaydi,ruhiy ham sog'lom buladi.
Ayniqsa Spordga qatnashayotgan bollani ko'chada kursangiz, bir boshqacha yurishadi qaddilarini ko'tarib, g'oz bulib, qo'llarini qanot qilib.
Menham Ug'limni sportga berganman 2 -oydanoq gavdasini kutarib, qullarini qanot qilib yuradigan bup qoldila (yoshlari endi 6 da)

Qayd etilgan