Shuncha yil yalab-yulqab boqqan o'g'lini bir "begona"ni qo'yniga qo'sh-qo'llab topshirib qo'yish ham oson ish emas
O'zini kelinlik davri bilan hozirgi kelinini solishtirmaydigan qaynonaning o'zi yo'q!
Asosiysi, sabr qilib, murosayi-madora qilib yashash.
Bu hamma solishtirishlar, kelinining xizmatlaridan ko'ngli to'lmasligining zamirida aslida o'g'lini kelindan rashk qilish tuy'gusi yashirinib yotibdi. Rashk tuyg'usi esa har bir onada bor.
Balki qachonlardir kelib, biz ham kelinimizni yoshlik paytimizdagi ko'rgan qiyinchiliklarimiz bilan solishtirmaymiz deb hech kim kafolat bermaydi...
Albatta kelinlarniyam tushunish kerak.