Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Qoriaka ko'pchilik tasavvuf mohiyatini tushunmay turib undan qocha boshlaydi. Shahsan o'zim sufiylar halqalarida o'tirib biror marta "Tasavvuf haqida tasavvur"dagiday g'alati qiliqlarga duch kelmadim. Jaloliddin Rumiy "...qalbni davolash uchun bir murshid zarurdir, odamlar qalblarini davolash uchun kitob o'qib o'z qalblarini davolamoqchi bo'ladilar, bu huddi saraton dardiga chalingan bemor kitobga qarab o'zini o'zi davolayman degan urinishiga o'xshaydi..."
Tasavvufda bir yaxshi amal bor, bu o'limni o'ylash va Allohni zikr qilish, shunda antivirus bazamiz to'lib yangilanadi.
"Hammadan holi bir xonaga kiring, ko'zni yuming, tinchlanib o'ylang... hozir ishdan kelyapsiz, bolalaringizni uchratasiz, dada deb quchoqqa otiladi, nima olib keldiz deb qo'llaringizga yopishadi...
Ertasiga shu kayfiyatda ishga ketyapsiz, onangiz va kelin duo qilib, bolalar esa shirinlik "zakaz" qilib ishga kuzatib qo'ydi...
Yo'lda esa falokat bosib avtohalokatga uchraysiz...
Onangiz farzandini yo'qotti, o'ziga kelolmay karaht ahvolda, sut berib, qiyin davrlarda o'zi yemay sizga yedirgani, kasal bolganizda tepangizda qimirlamay duo qilib yig'lab chiqqani, hammadan ko'p qayg'urgani. Ayolingiz beva qolib endi bolalarni yolg'iz o'zim qanday boqaman, otasiz bularni qanday tarbiyalayman deb o'ylab ezilganini. Qorako'z bolalar otasiz qolib tepangizda yig'lab o'tiribdi, endi kimni dada deymiz, bizni kim o'ynatadi, o'rtoqlarimning dadasi maktabga yetaklab olib borsa biz qanday chidaymiz...
Sizni yuviladi, kafanga o'raydi, janoza o'qiladi, yelkama yelka qabrga olib borib qabrga qo'yiladi...
Endi dunyodan ayrildingiz, qorako'z bolalariz ortiga qarab yig'lab ketyapti, siz ularning qadam tovushlarini ham eshiti turibsiz. So'ng ikki farishta oldingizga keladi, savol javob boshlanadi, diningiz iymoningiz haqida so'ralasiz...
siz qattiq afsuslanasiz, nega shu yomon ishlarni qildim, 35yillik umrim ham yoq ekan, faqat yaxshi ishlar qilsam bolmasmidi, endi jannatga kirsam qaysi pog'onasiga tushaman, Firdavs eshiklaridan kirishim uchun amallarim yetarmikan..."
Shularni o'ylang, ko'p ko'p yig'laysiz, yig'i qalbni yumshatadi, bu ko'z yoshlari qiyomat kuni sizga guvoh bo'ladi.
Inshaalloh bu antivirus bazasi uncha buncha viruslarni o'tkazib yuboravermaydi. Haftada bir marta bazani yangilab turish kerak.