O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80885 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Donishmand  29 Dekabr 2011, 15:24:03

Ikki sevishgan bir-birlariga hayrli kech tilab ajrashishdi. Biroz yurgach qiz dugonasiga qo'ng'iroq qildi: - Voy, Durdon, bugun ham yigitimga ikki haftadan keyin to'yim bo'layotganini aytolmadim. Hhe, yana biroz o'zini bahtiyor his qilib yursin...
Yigitning qulog'ida telefon: -Allo, ayasi, ishdan chiqdim, biror soatlarda yetib boraman. Jamshidni bog'chadan oldingmi...
Hayot qiziq, kim shoxida-yu, kimdir bargida... Bir shamol tursa na barg qoladi va na shox!
Bular aslida hazonlar...

Qayd etilgan


Музаффар  29 Dekabr 2011, 23:57:51

...Аимасини айтасиз?! Бундай "саргузаштпараст"лар хар қадамда. Чалашоирлар ва машшоқ ашулачиларнинг мухаббатдай илохий қадристни чайнаб, сийқасини чиқариб юборишгани, оиладаги хамист ва тарбиснинг ста пастликда сканидан келиб чиқса керак бундай лсттибозликлар...Қайтар дунё сканини хали билишмайди бечоралар.
Бугун айнан мавзуга доир бир ажойиб мақола сқиган сдим, сизларга хам илиндим:
http://www.e-adabiyot.uz/adabiyotshunoslik/sheriyat/680-maqola.html

Qayd etilgan


NANO  30 Dekabr 2011, 05:23:53

Mavzu nomini o'qib Donishmand ashaddiy Romantik deb o'ylab turuvdim mavzu ma'anosi boshqa ma'noda kelgan ekan.

O'chirg'ichda rassomchilikda ko'p foydalanar edik ayniqsa xatlar yozishga.

Donishmandni so'ngi postiga qo'shimcha qilaman mandan hafa bo'lmaysizlar degan umiddaman!

Ishdan chiqib marshrutkaga o'tirdim. 2 ta qiz be malol yoshu qari etibor bermay balan ovozda yigitlarini hal qiloyatgandi.

Qaysi biri bilan yuribsan
- Qoravoy bilan
Anu viloyatdan kelgani bilanmi
- Xa
Nu 4o qatga bordiyla
- Kinoga bordik kafeda o'tirdik anchaga tushirdim bolani
Turgan gap nimalani hal qildiyla
- Uylanishni
Ushanga tegasanmi
- Da ne brak tolko dlya vida. Unga propiska kere mani nomimga uy omoqchi
Rozi buldingmi
- Jinnimanmi rozi bo'lib
O'zing bilasan Nima oberdi bu gal
- Hech nima obermadi pulim yu turi chuning dip rosa yigladi.
Jal
- Ertaga ishga chiqmiyman etib qo'y shunaqa dip kasal bo'p qopti de.
Nime uchrashuving bormi deymande a...
- Ertaga boyvochcham keladi...

Shunaqa gaplarde...  Birovni gapini tinglarkan deb o'ylemela baqarib gapirgani uchun mani qulogim pasaytirib eshita olmaydi.



Qayd etilgan


siddiqa  30 Dekabr 2011, 18:45:07

odatda bunaqa narsalarni hech kimga aytmayman, oylashni ham hohlamiyman, lekin  bu gapni o'chirg'ichdan tochniy yozardim...
...

O'sha kuni, to'yga kelgan eding.. ko'rib men uchun keldingmi deb judaaaaa hursand bolgandim. To'yhona yoruq mas edi, odam kop bolgani uchun, meni kormay qosen nima boladi deb hovotir oldim, shuning uchun senga yaqin bolmasa ham uzoq joydagi chiroq tushib turgan joyga ottirdim.. va nihoyat meni ko'rdim, ko'rib iyaa bu yerda nima qilyapsan deb kozimga qarading...

bilarding hali beri to'yim bolmagani, hammasini bilardin.. lekin mag'rurligin bosh kelmadi, ko'zlaring menga qarashga majbur qilsa ham, Mag'rurligin ruhsat bermasdi..
to'y tugadi... hamma uy-uyiga kettdi... men ahmoq, seni yonimga kelib... jaa bolmasa hol-ahvol soraydi dib oylagandim, hatto yonimdan ham o'tmading... haaa faqat ishingni qilishga kelganding.. qilding ham, qoyil maqom qilib...
Hammasi tugadi... tongacha sen haqinda oyladim..shunchalik ahmoq ekanligimni sendak insonga nonga zor bolgandek zor bolganimini, sensiz bir daqiqa ham yasholmayman deb ozimga qayta-qayta aytardim.....

..
............
Bilishimcha, turmush qurganimni eshitgansan, seni yana bir kun korishimga ishonaman, lekin bu sapar yonimga kelib hol-ahvolimni kelib sorashingni kutib ottirmayman... mag'rurliginga mag'rurlik qoshilsin... senga omad va albatta baxt tilayman...
............

Mashhuuuuuuuuuuuuuur ashulalachi bolmoqchi eding, uyingdan chiqaningda qizlar dashatini olishga kutib turishlarini hohlarding.. niyyatinga yetding.. seni koraman-deb boshqa shahardan kelishadi....Nima hohlasen oshani olding.. ortiqchasi bilan..
artist bolib qolaver .....


Esingdami? tirnog'im singandi,  og'riyappdi diyatgandim...shunda qolimni qolinga olib, besh yildan kegin bu azobb ummmaaaaan esingdan chiqib ketadi diganding..
5 yildan keyin bu yozganim ham , senga qilgan azoblarim ham esimdan chiqib ketadi....

pufflash kere ochish uchun,,

bu qaysidr asardan olinganmi?:-) nima bo'gandayam qalbga ko'mib tashlanadigan narsalarni na qalamu na o'chirg'ichda yozish kerak.

Qayd etilgan


Humayro  03 Yanvar 2012, 12:57:56

bu qaysidr asardan olinganmi?:-) nima bo'gandayam qalbga ko'mib tashlanadigan narsalarni na qalamu na o'chirg'ichda yozish kerak.

qo'shilaman fikringizga, bu menimcha 1 kishiga emas, balki ko'pchilikka taaluqli so'zlar.

Qayd etilgan


Ansora  05 Yanvar 2012, 18:18:43

 :asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Yanvar 2012, 09:43:14

:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...

Qayd etilgan


Donishmand  06 Yanvar 2012, 17:48:58

U har kuni kechga yaqin xonasida o'tirib olib o'ylardi, o'tga kunlarini o'ylardi... Nima qildi shu kungacha... Nimalarga erishdi-yu, nima yo'qotdi... Nimalar qoldi...
Bosib o'tgan yo'llari Ollohning  irodasimi, yoki harakatiga yarasha nasibami, intilganlarining samarasimi, dangasalik qilganining jazosimi... Boshqacha bo'lishi ham mumkinmidi, yoki taqdir atalmish peshonaga yozilgani shumi?!...
So'nggi o'tgan olti oy eng qiyini bo'ldi. Olti yilda topganlarni mana shu olti oy ichida qurbon qilayozdi...
Bir-bir ko'z oldidan o'tadi...
Talabalik davridan qadrdon aka-ukadek bo'lib ketgan do'stlaridan taklif-iltimos tushdi. Firmalariga buyurtmalar ko'payib ketgan ekan. Ham yordam, ham daromad deganday... Yo'q demadi taklifga, demasdi, deyolmasdi ham. Hamma ishlarini yig'ishtirib, uch kunda ularning oldiga yetib bordi. O'n kunda hal qila oladigan ishi ustida bir haftagina ishlay oldi holos. Keyin do'stlariga yuk bo'lgani qoldi - bir oy!...
Bu boshlanishi edi...
Ko'pchilik uchun "zo'r mutahasis" edi u. Qo'ng'iroq qilishdi:
- Allo! Falon joyda shunday-shunday yig'ilish bor, yangi mahsulot chiqarish bo'yicha. Siz ham borishingiz kerak. Va shu ishning ustida turmog'ingiz lozim...
Bordi, lekin chidamadi, ko'p turolmadi. Tursada o'ziga ziyon qilardi. Hech kimga indamay ketdi... Odamlarning ko'ngli soviganday bo'ldi undan.
Ishlab o'tirganida xonaga besh yilda qadrdonlarday bo'lib ketgan bir aka kirdi, yonida yoshroq sherigi bilan. Kutib olish uchun o'rnidan turishga kuch topa olganidan ichida hursand bo'ldi. Aka iltimosining bir haftada bajarilishini eshitgach undan qattiq hafa bo'ldi, aytgan gapi esa:
- O'zgarib ketibsiz, odam bunday bo'lmaydi! Men shu bolaning oldida sizdan iltimos qilib turibman, siz uchun ikki kunlik ishni bir haftada deyish... Qo'ying-eee.., - hafa bo'lib chiqib ketdi.
Har kuni yoniga kiraverib be'zor qilib yuboradigan shogirdlariningda qadamlari kamayib qoldi. "Salomlariga yarasha alik" bo'lmaganidan keyin nima ham qilishsin.
Ba'zan haftalab, oylab to'htab qoldi ishlari, bajarishga qo'li bormadi.
Kundan-kun his qilib turardi, hammada ishonchsizlik uyg'otayotganini.
Telefonda suhbatlashayotganida, bir kuni loqaydlikda, e'tiborsizlikda, keyingi kun madaniyatsizlikda ayblashdi, begonalarmas - eng yaqin olganlari. Shunisi ko'p ezdi. Ularning borligidan quvonib yurardi, endi esa...Ular ham uzoqlashib ketayotgan edilar...
Ha, unga oson bo'lmayotgandi olti oydan beri ichidagi azobli og'riq bilan kurashish. Shunday og'riqki, harkatinida, fikrlarinida, so'zlarinida  cheklab qo'yadigan darajadagi og'riq. Ko'pam birovga aytmagani og'riq. Olti yilda erishganlarini olti oyda yo'q qilayozgan og'riq...

Ko'zini yumsa-yu, hammasidan qutulsa...

P.S. Yaqin do'stimning dardi bu, shu yerga yozishni losim topdim.
Bu so'zlarni uning kompyuterida o'qidim:

Ishonch ham yo'qoldi, armon yo'l oldi,
Men qurgan koshona sarhadlariga,
Izzatning borida, aqlim borida,
Qo'l siltab ketgum bor buning bariga!...

Qayd etilgan


muxlisa  06 Yanvar 2012, 19:33:12

Assalamu alaykum!

Uzr, Donishmand blogizda dabdurustdan yozib ketayotganim uchun. Oxirgi postizni ikka marta o'qib chiqdim.
Bu tanishiz qattiq depressiyaga tushib qolganmi?
To'g'ri odamga katta musibat kelsa, og'ir bo'ladi. Lekin olti oy davomida tushkunlikda yurish juda azobku...
Shunaqa bir odamni bilardim, chehrasi doim siniq. Hayotdan quvonch topolmasdi.  Allohning insonlarga berilajak musibat-sinovlari haqida  tushuntirishga urindim. Ozgina yengillashgandek tuyuldi manga. Qancha vaqt o'tti bilmadim, o'zini joniga ham tegdimi doimiy tushkunlikda yurish, og'irlikni ortga tashlay boshladi. Taqdirga rozi bo'ldi... iymoni ham mustahkamlana bordi...

uzoq vaqt qiynalish... odamning tomi ketib qolishi xech gapmas...
bilmadim, bunday cho'kib yurish irodasizlikmasmi?

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Yanvar 2012, 20:09:23

Toshkentdagi bir dugonamga telfon qildim.. merhemet (qanday gapirilgan bolsa ashnaqa yozdim) #ajoyib

U: yangi yillarin bilan o'rto, yaxshi kutvoldimi? nima qiladila?
Man: o'zin nima qildin?
U: diskatega bordim, korsen qottib qomman uyga kelib kiyin uxladim
Man: o'g'lini kimga tashadin, obketmagandursa diskatega sakragani?
U: onamikiga tashadim, buvilari bilan yangi yilli kutvoldi, kotta bola bob qoldi korsen...ozin nima qildin? qattlaga bordila?
Man: biron joyga borishimiza keremidi?
U: bilin, to'ri gapir...
Man: hop hop, hech narsa qimadim, korsen 9lada uxlab qomman, shuuuu..
U: ko'rsen kecha, oglimi adasi bilan junatvorgandim, yangi yillga parkami chiqib kelishsin dib,...oglini  kormaganigayam 3 oy bogandim.. korsen yangi moshina ovopti... osha mashinasi boganda balki ajrashmagan bolarmidik..
Man: ..........

qaysi tovuq miyyam bilan telfon qildim bilmadim torisi....???

Qayd etilgan