Yaqinlar bir joyni tavsiya qilishdi, tibbiy diagnostika uchun. O'zim ham qiziqsinib bordim...
Emishki, bir notebookka ulangan apparat, yonidagi quloqchinini quloqqa taqsangiz butun organizmni tahlil qilib chiqadi - boshingizdan to oyoqqacha. Buni "kompyuternaya diagnostika" deb atashibdi.
Ho'p, dedik va quloqchinni taqdik. Tahlil boshlandi. Kompyuter qurg'ur menda kasallik topmagan a'zo qolmadi. Bosh miyada chayqalish, burunda gaymorit, tomoqda angina, orqa miyada o'tkir shamollash, nafas yo'llari va o'pkada kislorod yetishmasligi, qon o'ta quyuqligi, o't pufagining noto'g'ri ishlashi, jigarda zo'riqish, buyrakda shamollash va yallig'lanish, oshqozon osti bezida kasalliklari, oshqozon va ichak yo'llarining nuqsonlari, oyoqda shamollash....
Doktorga hazillashib dedim: - Man hozir qabrda yotibmanakanda-a?
Faqatgina yurak sog' ekan! Yurak sog' bo'lsin! Chunki u bevafo emas-da, menga vafosizlik qilmaydi, doimo sodiq. Hamma o'zini kasallikka solib olsa ham u bunday qilmaydi. Shuning uchun yuragimni yaxshi ko'raman.
Doktorning keyingi so'zlari:
- Sizni zudlik bilan davolash kerak. Bizda Malayziyadan keltiriladigan tabiiy dori mahsulotlari bor shulardan bir kurs olsangiz soppa-sog' bo'lib ketasiz. Narhi? Narhi uncha qimmat ham emas, sog'likning oldida. 1500000 gacha boradi holos, shu bilan ikki oyda ancha yaxshilanasiz. O'zi dengiz tubidan olingan minerallar, damlamalar....
Eee, mana maqsad, bu yog'i endi "setevoy marketing"ga tortayapti. Ketdik yuragim, sen sog' bo'lsang ancha-muncha kasallikdan qo'rqmaymiz, malaylar qilgan damlamalarni biz qilolmaymizmi?! Qilolamiz, qani Ibn Sino bobo, bir kitobingizni varaqlaylikchi...
Shunday qilib Tib qonunlarini varaqlab yuribmiz. Ha aytgancha, hozircha kechki ovqatdan voz kechdik. Ochlik bilan davolanishdan maslahatchilar bo'lsa "Hoy" devoringlar...