
Masalliqlar: 1 litr sut
200 gr shakar
3 qoshiq un
2 qoshiq kraxmal
100-120 gr saryog' (ta'rifda margarin, men saryog' ishlatdim)
20-25 dona bolalar pechenyesi (kichkina, shirin)
1 paket vanilin (8gr)
Ustiga 100 gr shokolad
Tayyorlanishi:Yog'ni biroz eritib, unni 5 daqiqa qadar qovuring, olovni pasaytirib ustiga sovuq sutni to'king, aralashtiring. Sut qizimasdan kraxmalni soling, ketidan shakarni solib, aralashtirishda davom eting. Sut qaynab, yumshoq krem holiga kelguncha aralashtiramiz, darrov vanilinni solaiz, aralashtiramiz. Darrov 2-3 bo'lakka bo'lingan pechenyelarni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz. Tayyor bo'lgan qorishmamizni oldindan xo'llangan keks qolibimizga to'kamiz. Yaxshilab tekislaymiz. Ustini oddiy tarelka bilan yopamiz. Iiligandan keyin 1 kun (men 10 soat tutdim muzlatgichda), muzlatgichda tuting. Bu vaqt o'tgandan keyin, keks qolibini kattaroq tekis idishda ag'daramiz. Shokolodimizni tagidan par kelib turgan holda eritamiz (men ichiga 2-3 qoshiq sut soldim) shirinlikni ustidan to'kamiz. 1 soat qadar muzlatgichda turgandan keyin ikrom etishingiz mumkin. Osh bo'lsin.
Men 1 haftada 2 marta qildim, Uydagilarga, qo'shnilarimga yoqdi:)
Turk tilida videosi: