Sabzili keks  ( 4720 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:01:19



Sabzili keks

Masalliqlar:

1.    Keks uchun :

o   5 dona tuxum
o   1,5 stakan shakar (300gr)
o   1 stakan qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi
o   1 stakan o’rta yiriklikda maydalangan yong’oq
o   2 stakan un
o   1 qoshiq karitsa
o   0.5 qoshiq soda (натрий двууглекислс‹й)

2.   Ustiga sepish uchun:

o   Shakar pudrasi

Tayyorlanishi:

1. İchi chuqur va keng idishda tuxumlarni chaqing. 1.5 stakan shakarni solib mikserni eng tez qismida shakar erigunga qadar aralashtiring. 
2. 1 stakan maydalangan sabzi va 1 stakan yong’oqni qorishmaga qo’shib, yana aralashtiring.
3. Un va karitsani ham qorishmaga solib yahshilab aralashtiring.
4. 0.5 qoshiq sodani keks hamiriga solib mikserni eng past tezligida 2-3 marta aralashtiring.
5. Duxovkangizni 175darajada isiting. Keks qolibingizni ich qismini yog’lang.
6. Keks qorishmasini qolibga to’king. Qolibni duxovkaga joylab yaxshilab pishiring. (Men 40 daqiqada pishirdim) Keksni qolibidab chiqarsmasdan oldin biroz sovushini kuting. Chunki issiqligida qolibga yopishgan bo’ladi. Keks biroz sovugandan keyin ustiga shakar pudrasini seping. İssiqligida sepsangiz shakar erishi mumkin : )



Qayd etilgan