Apelsinli keks  ( 4747 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:02:18

Apelsinli keks



Kerakli masalliqlar:

1.3 dona tuxum
2.6 qoshiq shakar
3.0.5 stakan apelsin suvi (men marmelat soldim)
4.1/3 stakan yog’
5.0.5 apelsinni maydalangan po’sti (men solmadim, chunki apelsinim yo’q edi)
6.1 paket vanilin 8gr
7.1 paket xamir oshiruvchi (razrıxlitel’) 10 gr
8.12 qoshiq to’la to’la qoshiq un

Sharbati uchun:

1.0.5 stakan apelsin suvi
2.4 qoshiq shakar
3.1 dona apelsini maydalangan po’sti

Tayyorlanishi:

Tuxum va shakarni bir idishda yaxshilab ko’pirtiramiz. Apelsin suvi, yog’ va apelsin po’stini solamiz, qorishtiramiz. Un, vanilin, xamir oshiruvchilarni idishimizdagi masalliqlarga qo’shib, qoshiq bilan aralashtiramiz. Oldindan isitilgan 165 darajali duxovkada keksimizni pishiramiz. Keks pishguncha kichkina idishda sharbat masalliqlarini solib bir necha daqiqa qaynatamiz. Keks pishgandan keyin cho’pchalar bilan teshiklar ochamiz va issiq keksimizni ustiga to’kamiz. Sovuguncha kutgandan keyin ustiga Hindiston yong’og’i maydalari sepishingiz mumkin, men unuttim :D Osh bo'lsin...

Qayd etilgan