"Tugmali" pechenyelar  ( 4486 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:12:59



Tugmali kurabiyelar 

30-35 dona uchun masalliqlar:
 
1.   180 gr saryog’ (xona issiqligida erigan)
2.   0.5 stakan shakar
3.   1 dona tuxum
4.   0.5 qoshiq vanilin
5.   2 stakan un
6.   1 paket soda (karbonat) 8 gr
7.   2-3 qoshiq o’rik yoki smorodina qiyomi

Duxovkangizni 155 darajaga keltiring. 2 dona listga yog’li qog’oz soling (yo’q bo’lsa listga yog’ surting. Saryog’ bilan shakarni yaxshilab bir-biriga yediring.
Tuxum va vanilinni solibi yaxshilab aralashtiring. Unni ham solib, bir-biriga qorishtiring. Hamirdan yong’oq kattaligida parchalar uzib olib qo’lingiz bilan dumaloqlab listga qo’ying. Har bir kurabiyeni barmog’ingiz bilan bosib chiqing.
(Hamirni o’rtasiga kelgunga qadar) Hosil bo’lgan bo’sh shakllarni ichiga 1 choy qoshig’i qiyom soling.  İkkala listni ham duxovkaning o’rta qismida 12 daqiqa atrofida pishiring, shuning uchun alohida alohida pishirishingizga to’g’ri keladi.
Kurabiyelerni 12 daqiqadan keyin duxovkani simini ustida tashqarida sovuting.
Yaxshilab sovugandan keyin dasturxonga torting. 

Qayd etilgan