"Yong'oqli" pechenyelar  ( 5112 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:14:02




Yong’oqli kurabiye

Masalliqlar:

1.   2.5 stakan un
2.   0.5 choy qoshig’i soda (karbonat)
3.   Bir chimdim tuz
4.   1.5 stakan shakar
5.   100 gr saryog’
6.   2 dona yirik tuxum, kichkina bo’lsa 3 dona
7.   1 choy qoshig’i vanilin
8.   1 stakan maydalangan yong’oq
9.   1 stakan butun yong’oq

Tayyorlanishi:

Un, soda va tuzni aralashtiring. Alohida idishda shakar va xona issiqligida erigan saryog’ni mikser bilan aralashtiring. Tuxum va vanilinni ham solib, o’rta tezlikda 1-2 daqiqa yana aralashtiring. Ustiga undan iborat qorishmani soling. Eng ohirida maydalangan yong’oqlarni soling va hamirni qoring.
Bir dona listga yog’li qog’oz soling. Hamirdan yong’oq kattaligida parchalar olib, qo’lingizda dumaloqlang. Yog’li qog’ozlarni ustiga tering. Har birining ustiga yarim yong’oqlardan joylang. Oldindan isitilgan o’rta haroratli duxovkada 25 daqiqaga yaqin pishiring.
Ustiga hoxlasangiz saryog’ va shokoldani eritib tomizib chiqishingiz mumkin. Shokoladlar sovugandan keyin dasturxonga tortishingiz mumkin"¦


Qayd etilgan