Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?  ( 22760 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 13:47:20

 :asl3:

Forumdoshlar, Turk tiliga ancha muncha asarlarimiz tarjima qilingan, Turk o'quvchisi O'zbek qahramonlari bilan tanisha boshlaganiga ancha bo'ldi. Bu mavzuda tarjima qilingan asarlardan bazilari haqida ma'lumot bergandim:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5475.0

Nasib bo'lsa, yangi rejalar arafasidamiz. O'zbek asarlaridan Turk tiliga tarjima uchun bel bog'lamoqchimiz.

Bu masalada sizlarni ham fikrlaringizni bilmoqchiydim:

Siz qaysi asar (roman, hikoya, qissa, bolalar uchun hikoyalar, she'rlar)ni Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Nima uchun bu asarni tanladingiz?

Oldindan rahmat...

Qayd etilgan


Музаффар  18 Dekabr 2011, 14:04:29

Узбек адабётининг шедевр асари бу - Уткан кунлар! шундан бошласангиз схши булса керак...

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2011, 14:06:19

Узбек адабётининг шедевр асари бу - Уткан кунлар! шундан бошласангиз схши булса керак...


Bu asarni tarjimasiga ancha bo'lgan, bu mavzuda yozilgan, yana da rahmat.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5475.0

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Dekabr 2011, 20:13:13

''IKKI ESHIK ORASI'' -O'TKIR XOSHIMOV.
''UFQ''- SAID AXMAD.
Xalqimizning ikkinchi jahon urushi va undan keyingi og'ir davrdagi matonati va bardoshi, o'zaro mexr-oqibat haqidagi ajoyib asarlar.

Qayd etilgan


ree7  18 Dekabr 2011, 20:16:05

Tog'ay Murod, Otamdan qolgan dalalar. (Turklar ham bir yig'lashsin))

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2011, 13:01:17

 :asl3:

Fikrlaringiz uchun rahmat. Yon tarafdagi mavzularda yoritilgan asarladan tashqari bir qancha asar tarjima qilingan aslida, bu tarjimani asosan Universitetlarni O'zbek tili bo'limi talabalari dissertatsiya sifatida tarjima qilishgan, kitob nashr qilish judayam qimmat bir ish bo'lganligi uchun juda ko'p asar dissertatsiya sifatida qolgan.

Yana fikrlaringizni kutaman...

Qayd etilgan


Humayro  19 Dekabr 2011, 13:39:57

Pirimqul Qodirov YULDUZLI TUNLAR

Qayd etilgan


Usmon  19 Dekabr 2011, 14:24:23

Abdulla Qahhor hikoyalari

Qayd etilgan


ан-Насафий  19 Dekabr 2011, 15:38:45

O' Hoshimovning "Dunyoning ishlari" judayam zo'r. Unda o'z onalari haqida yozgan. Onalarga, qizlarga ibrat bo'ladigan ona haqida hikoya qilinadi. To'g'risini aytsam, onalariga havasim kelgan. Barchaga o'qib chiqishni tafsiya etaman.

Hamda Said Ahmad hikoyalari, hajviyalari a'lo darajada yozilgan.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2011, 15:43:15

Rahmat fikrlaringiz uchun.

Bir dotsent domlamiz bor edilar, u kishini sohalari O'zbek tili, doktorantura mavzulariyam O'tkir Hoshimovni asarlari edi, adashmasam Ikki eshik orasi. Yana u kishidan yozuvchining qaysi asarlarini tarjima qilganliklarini surishtirib ko'raman.

Hamza Hakimzoda Niyoziyni "Yangi saodat" asarini o'zim tarjima qilgandim.

Qayd etilgan