Y_U_R_I_S_TBodomli keks pishirish retsepti Avvalo quruq drojjani 100 gr iliq sutda 1 desert qoshiq shakar bilan eritamiz va 10 minutga ko'tarilishi uchun qo'yamiz. Unni o'rtasini chuqur qilib u yerga drojja, qolgan sut va boshqa mahsulotlarni solib yuimshoq hamir bo'lguncha 10-15 minut aralashtiramiz. Ustini yopib oshishi uchun issiq joyga 40 minutga qo'yamiz.
Hamir oshgandan so'ng 60x40 sm o'lchamda yoyamiz va yog'langan listga joylab tekislab chiqamiz. Ustiga ko'pirtirilgan margarin surib, bodom, shakar va koritsani bir tekisda yoyib chiqamiz. Iliq joyda 20 mintu turgandan so'ng 160 C qizdirilgan tahminan 25 minut pishiramiz. Sovigandan so'ng kesib dasturhonga tortamiz.
Hamir 5 stakan un
1 osh qoshiq quruq drojja
1 stakan iliq sut
2 tuhum
50 gr shakar
2 choy qoshiq tuz
1 paket margarin
Ustiga soladigan mahsulotlar 0,5 paket margarin
200 gr maydalangan bodom
50 gr koritsa
50 gr shakar