Haqiqiy muhabbatning ta'rifi  ( 33385 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:51:05

maknuna:

Haqiqiy sevgi oldida kishi ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi, na rashk, na ig‘vo, na raqiblar fitnasi. Ammo tashqaridan bo‘lgan kichik bir zarbaga bardosh bera olmagan sevgi — sevgi emas!

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:51:12

Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:51:24

AbdulAziz:

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:51:41

Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli hikoya ekan.
Qarang, hazrat Alidek buyuk sahoba topa olmagan javobni Fotima onamiz topgan ekanlar. Haqiqatda ularda payg'ambarimiz sav tarbiyalari bor edi.
Alloh va rasulini hammamizga sevdirsin!
   

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:52:09

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Nubuvvat olamining guli, jahon xotinlarining oqilasi hazrat Fotima raziyallohu anhudan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:52:37

MUSULMON SEVGISI

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida "œOh"¦ suv!.." degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning "œOh"¦ o’oldim"¦ suvsizlikdan" degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! — dedi va o’zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! — deb suvni to’kdi.
Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi.

Abdurauf Fitrat
"œO’qi" kitobi, Boku, 1917-yil

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:52:48

maknuna:

Assalomu alaykum.
Mana qanday bo'ladi - haqiqiy muhabbat! Musulmon musulmon birodarini uni o'z akasidek, ukaside, singlisidek sevadi. O'zi o'lim chog'ida bo'lib, suvga judayam zor bo'lsa ham birodarini o'ylavotti. U suvc=sizlikdan chaqab turganda man ichomiman devotti. Bundan ham ortiq mehr, muhabbatni dunyo ko'rganmi?
mana Islom! Mana muhabbat!
Bunday muhabbatni boshqa hech qayerdan topolmaysiz.!!!

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:52:58

Shamshir:

Assalomu alaykum.
shunaqa ibratli ogitlarni o`qiganimdan keyin bazan o`zimdan o`zim hafa bo`lib ketaman .Qanday ulug`lar otgan , qanday insonlar o`tgan biz kimmiz hamma narsa haqida jar solamiz, hamma narsadan xabardor bolamizu, IBRAT ololmaymiz.......

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:53:10

maknuna:

Va alaykum assalom!
Shamshir, nima deb o'ylaysiz? Bizning zamonimizda ham bir-birini mana shunday yaxshi ko'radigan musulmonlar bormikin?

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:53:24

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
shunday muhabbatga ega musulmonlar, albatta, bugun ham bor. Alloh ulardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan