
Kerakli masalliqlar:
300 gr saryog'
150gr shakar
chimdim tuz
kakao 1 osh qq
o'rtacha hamir uchun un
vanilin
Tayyorlanishi:
Saryog' uy haroratiga yumshatiladi.Shakar, vanilin,tuz qo'shib yaxshilab aralashtiriladi. So'ng un q-di. Hamir sal yumshoqligida teng yarmini kakaoli hamir uchun olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan hamirga kakao solib aralashtiriladi.

Tayyor hamirlarni selofanga solib,yupqa qilib yoyiladi.Holadinlikga 1 soatga qo'yib qo'yiladi.

Olib ikkala hamirni ustma ust qo'yiladi. Va 2 qismga bo'linadi

4 qavat qilib ustma-ust yig'iladi.

Va ularni uzunasiga 3 qismga bo'linadi.

Kesilgan bo'laklar shaxmat shakliga ustma-ust qo'tiladi.

Ingichka qilib kesib 180 gradusda qizarguncha pishiriladi.

Keyin pechenelar issiq choy bilan, mazza qilib yeyiladi

Yoqimli ishtaha!!