Dolchinli (koritsa) bulochkalar  ( 6913 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 17:43:39

Булочки с корияей



Kerakli masalliqlar:

500 gr un
250gr sut
50-100 gr shakar (ta'bga ko'ra)
1 pachka quruq droja
100gr saryog'
2ta tuhum
bir chimdim tuz


Tayyorlash:
Iliq sutga eritilgan saryog' yarmi ,shakar,tuz,droja,2ta tuhumni solib barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiriladi.So'ngra unni solib yumshoq hamir qilinadi. Hamir rosa yumshoq qo'lga yopishadigan bo'ladi. Ammo hamirga yaxshilab ishlov beriladi ko'p ezish kk. Shunda yopishdan to'xtaydi. Ustini yopib iliq joyga 1 soatcha qo'yiladi. Ihtiyot bo'lish kk. Rosa ko'pib ketsa drojani isi kelib qolish mumkin.



Ko'pgandan so'ng stol ustiga bir oz unlab hamirni 1 sm qalinlikda  yoyib olamiz. So'ng  ozgina saryog' eritib hamirga yaxshilab suramiz va shakar sepamiz. Ohirida koritsa sepiladi. Hamirni rulet shaklida o'raladi va 2sm qalinlikda kesib listga teriladi.






Ustiga tuhum surib 15 daqiqa atrofida 200' da qizarguncha qadar pishiriladi.





Yoqimli ishtaha!
Mazzasiga gap bo'lishi mumkin emas! ;)
 












Qayd etilgan