Kecha boshlagan bu sousimni bugun tugatdim, kechqurun baqlajon bilan bulg'orini pishirib olib, suvi suzilsin, deb qoldrigandim, 1 litrga yaqinini berkitdim, 0,5 piyolachasini tatib ko'rish uchun olib qoldim. Shu darajada yoqdiki, qozondagi yuqini non tekkizib yedim:)
Albatta bu qo'rda pishgan baqlajon, bulg'ori mazasini yoqtiradiganlar uchun tavsiya qilinadi. Meni jonu dilim qo'rda pishgan baqlajonu-bulg'ori. Uyda esa gazni ustida pishadi, qo'r yoq' chunki:)
Mana bu yerda rasmi korsatilgan, ozim olgan rasmni keyinroq joylayman inshalloh.
http://en.wikipedia.org/wiki/Ajvar
Kerakli masalliqlar:4-5 dona katta pomidor
2 dona baqlajon.
3 dona qizil bug'ori
1 dona piyoz
4-5 bo'lak sarimsoq
istakka qarab achchiq qalampir yoki garmdori- men 0,5 qoshiq garmdori soldim.
5-6 qoshiq yog'
istakka qarab tuz, men 0,5 qoshiq soldim.
Tayyorlanishi:Bulg'ori va baqlajonlarni sizga ma'qul bo'lgan usulda pishirib oling. Xohlasangiz ochog'da qolgan cho'gni ustiga tashlang, orada aylantirib turing, xohlasangiz gazni ustida, sizga qaysi biri qulay bolsa. Duxovkada qilsak ham boladi, lekin buning eng muhim tarafi bulg'ori va baqlajonni biroz kuyishi va shu hidni kelishi.
Men ularni kuydirib bolgandan keyin tselofan paketga solib qoyaman, oson posti archiladi.
Bir tarafda qozonga yogni solamiz, piyozni orta yiriklikda tograb, biroz sargayguncha qovuramiz, ketidan togralgan sarimsoqlarniyam biroz qovurib olamiz.
Pomidorlarni robotta maydalab, qozonga solamiz.
Bir tarafdan bulg'ori va baqlajonlarni kichkina tograb, pomidor suvini tortib bolay deganda qozonga solamiz, 10 daqiqa qadar orta olovda qovurib, robotta butun qorishmani maydalab olamiz.
Agar sousni darrov yeydigan bolsangiz, tayyor. Lekin agar qisha olib qoymoqchi bolsangiz robotta maydalangandan keyin qaytarib qozonga soling va qaynagandan keyin issiq holida bankalarga solib, berkiting.
Yoqimli ishtaha.
(Men erta-indin yana qilaman inshalloh)
Uploaded with
ImageShack.us