Bizni kechiring (hikoya). Yuriy Bondarev  ( 3798 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  05 Sentyabr 2006, 00:54:15


Pavel Georgiyevich Safonov ancha yillardan buyon katta bir zavodda konstruktor bo‘lib ishlab kelayapti. U o‘zining tajribasi, bilimi, uddaburonligi bilan hamkasblari, rahbarlar orasida ancha-muncha obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan.
U har yili qishning sovuq kunlari tugashi bilan ta’tilga chiqadi. Bu yil ham izg‘irin kunlardan qutulib olgan Safonov Qrimning janubiy sohilidagi sihatgohlardan birida dam olib qaytdi. To‘yib uxladi, asablariga dam berdi, xullas, keyingi ishlariga kuch to‘pladi. Moskvaga qaytayotgan poyezd yo‘l-yo‘lakay jonajon yurti, tug‘ilib o‘sgan shaharchasida to‘xtadi. Shu payt uning ko‘nglida o‘zgacha bir tuyg‘u paydo bo‘ldi. Kimdir uni ana shu stansiyada tushishga undayotgandek bo‘lardi.

Davomi >>>

Qayd etilgan