Izmir ko'ftesi - yoki Izmir kotleti taomi.  ( 5025 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:22:41

Assalomu alaykum. Bu taom biroz qiyin ko'rinsa ham mazali, to'yimli hisoblanadi. Ayniqsa mehmonlaringiz uchun "nima qilsam" ekan, deb o'ylanib turganingizda sizga yordamga keladi:)

Qiyma bilan sabzavotlarni "raqsiga" marhamat:


Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:23:00

Masalliqlar:

Kotleti uchun

- 500 gr. qiyma
- 2 bo’lak qurigan nonni ich qismi(tolqon holiga keltiring)
- yarim bog’ petrushka (mayda to’g’rang)
- 2 dona o’rta kattalikda piyoz (qirg’ichdan o’tkazing)
- 2 tish sarimsoq
- 1 choy qoshig’i murch
- 1 choy qoshig’i garmdori
-kotlet yaxshilab aralashishi uchun 3/1 suv
- tuz,


Qolgan masalliqlar:

- 3 dona o’rtacha kartoshka
- 2 dona pomidor
- 2 dona bulg’or qalampiri
- 2 qoshiq tomat
- 0.5 qoshiq jambil yoki kiyik o’ti (ustiga sepish uchun)
- yetarlicha yog’
- tuz

Tayyorlanishi:
Kotlet uchun piyoz bilan sarimsoqni qirg’ichdan o’tkazing. Bir idishga qolgan kotlet masalliqlarini solib suv yordami bilan kotletni yo’g’iring. Yong’oq kattaligida bo’laklar olib, rasmda ko’rganingizday kotletlar tayyorlang. Bir tarafdan kartoshkalarni archib, yuving va quruting. Xohlagan shaklingizda to’g’rab, mo’l yog’da yarim pishguncha qovuring.

Qizargan kartoshkalarni masalliqlaringizga ko’ra bir duxovka idishiga tering, ustidan biroz tuz seping. Tayyorlagan kotletlaringizni ham yarim pishguncha yog’da qovuring. Qizargan kotletlaringizni kartoshkalarni orasiga terib chiqing. Bulg’orlarni ham xohlagan shaklingizda terib chiqing. Men ularni ham biroz qovurib oldim, xohlasangiz qovurmasdan joylasangiz ham bo’ladi. Pomidorlarni ham rasmda ko'rganingizday, yoki xohlagan tarzingizda kesib joylang. 2 qoshiq tomatni kotletlarni qovurgan tovada oz yog’da biroz (1-2 daqiqa) qovuring. Ustiga 3 stakan qaynagan suv solib, bir ikki qaynab chiqqandan keyin kotletlarni ustiga quying. Duxovkaga qo’ymasdan oldin jambil yoki kiyik o’tini seping. 200 darajalik duxovkada 30-40 daqiqa pishiring. List ustini yog’li qog’oz yoki alyumin falga bilan o’rasangiz masalliqlar yonmaydi. Bundan tashqari usti yopiq bo’lgani uchun ziravorlaringizni hidi yana ham yaxshi chiqadi. Bu taomni Turk palovi bilan dasturxonga tortsangiz bo’ladi. Osh bo’lsin.



Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 18:24:21

 :asl3:

Qachonlardan beri qilmayotgandim Izmir kotletini, kechqurun qildim, shukr judayam mazali bolgan ekan, duo oldim qaynotamlardan:)







Qayd etilgan