Turkcha sodda palov.  ( 4602 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:27:10

Eng ko'p pishiriladigan palov turi Sodda guruch palovidir.

Buni faqat guruch bilan yoki ingichka makaron (tel makarna) yoki Shehriye bilan pishiringiz mumkin.

Agar ingichka makaron yoki shehriya bilan pishirmoqchi bo'lsangiz avval saryog', margarin yoki oddy salat yog'ida ularni biroz qizarguncha qovurib olishingiz kerak.

Agar ularsiz pishirmoqchi bo'lsangiz yog' qizigandan keyin darrov yuvib, suvi suzilgan guruchni qovurasiz.

Oddiy palov uchun masalliqlar:
3-4 kishilik

1. 2 stakan guruch
2. 2-3 qoshiq saryog' (qaysi yog' xohlasangiz)
3. 3 stakan qaynagan suv (men bazan tovuqni bul'on ishlataman, yoki uyda o'zingiz tayyorlagan et suvi ham bo'ladi)
4. qoshiqni uchida tuz (xohishga qarab tuzni ko'p solishingiz mumkin)

Tayyorlanishi:

Guruchni tozalab, ıssıq suvda 1 soatga yaqin iviting. Qozonda yog' qizigandan keyin guruch va tuzni solib tahta qoshiq bilan past olovda qovuring. Tuz guruchning maydalanishini oldini oladi. 10 daqiqa qovurgandan keyin qozonni ichiga qaynagan suvni quying. Qozonning qopqog'ini yopib, avval o'rta olovda, so'ngra pasta olovda pishiring. Men suvini emib bo'lgandan keyin palovni tepalik holiga keltiraman. Olovni o'chirgandan keyin 30 daqiqa qadar damlansin. Osh bo'lsin:)


rasm manbasi http://tatbilir.com/Tarif/sade-pilav/168

Qayd etilgan