Mitti pitsalar  ( 5159 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:43:48


rasm manbasi http://www.portakalagaci.com/

Mitti pitsalar

Xamir masalliqlari:

1.   1 stakan qatiq
2.   1 stakan salat yog’i
3.   0.5 qoshiq tuz
4.   4-4.5 stakan un
5.   1 paket soda (8 gr)


Pitsaning usti uchun masalliqlar:

1.   100 gr kolbasa
2.   100 gr sosiska
3.   4 dona bolgarskiy (uzuni bo’lsa yana yaxshi)
4.   1 qoshiq suv
5.   0.5 qoshiq tomat
6.   1.5 stakan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq
7.   2 dona pomidor


Tayyorlanishi:

1.   Xamir masalliqlarini aralshtirib hamirni qoring.
2.   Sosiska, kolbasa, bolgarskiy va pomidorni maydalab to’g’rang.
3.    Bu masalliqlarni 2 qoshiq suv, 0.5 qoshiq tomat va 1 stakan pishloq bilan aralashtiring.
4.   Qorgan xamiringizdan yong’oq kattaligida bo’laklar ayiring. Barmoqlaringiz bilan biroz dumaloq shaklda yoyib o’rtasini oching va masalliqdan soling. Butun xamirni masalliq bilan to’ldirgandan keyin ustiga 0.5 stakan qirilgan pishloq seping. 175 daraja oldindan isitilgan duxovkada 20-30 daqiqa pishiring.   

Qayd etilgan