"Yapon quyoshi" taomi.  ( 3016 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:45:38




rasm manbasi http://www.portakalagaci.com/

Yapon quyoshi

Masalliqlar:

1.   1 kg suyaksiz mol go’shti
2.   300 gr qo’ziqorin
3.   2 dona baqlajon
4.   2 dona yufqa
5.   Qatiq

Tayyorlanishi:

1.   Go’shtni tovada oz miqdorda salat yog’i bilan suvini tortguncha qovuring. Qo’ziqorinni ham boshqa bir tovada qovurib, go’sht bilan aralashtiring.
 
2.   Baqlajonlarni to’rtburchak shaklida kesib, tuzli suvga soling. 10-15 daqiqadan keyin suvini suzib, yog’da qizarting.

3.   Yufqalarni mumkun marotaba eng kichik uchburchak shaklida kesib (8-12 dona) oralariga hech narsa solmasdan sigara bo’regiday o’rang) Uchlarini suv bilan ho’llab yoping va salat yog’ida qovuring.

4.   Dumaloq bir idishning eng past qismiga qo’ziqorin va go’sht aralashmasini, ikkinchi qavatga esa baqlajon qovurmasini soling. Ustiga bo’sh sigara bo’reklarini quyosh nurlariday terib chiqing.

5.   O’rtasini ochib, sarimsoqli yoki sodda qatiq soling. 

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan