"Ashure" shirinligi.  ( 6368 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 15:04:03

 :asl3:

Bugun sizlarga Turkiyada Muharram oyida tayyorlanadigan shirinlik (taomi desak ham bo'ladi, chunki qozonda huddi ovqatday tayyorlanadi) haqida ma'lumot beraman. İsmi ASHURE Birinchi marta Ashureni 4 chi kursdaligimda bir Turk o'qituvchimizni uylarida yegandim. 10-15 talabani uylariga chaqirib bizga talaba uchun ziyofat o'rnida tushki ovqat bergandilar:) Menga Ashure juda yoqqandi, har ne qadar oldin bunday lazzat bilan qarshilashmagan bo'lsam ham hech begonasiramadim:)
Ashure Turkiyadagi ishonishlarga ko'ra Haz. Nuh Payg'ambarning to'fondan so'ngra kemasida qo'liga ilingan yeguliklarni hammasini qozonga solib tayyorlagan taomi, deb bilinadi. Muharram oyida tayyorlanishining sabablaridan biri esa Haz. Huseyin va Karbalo voqeasi bilan bog'liq.
Huddi biz Arafa kuni bir-birimizga osh tarqatganday bu yerda faqat Ashure shirinligi kichkina kosalarda tarqatiladi.


Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 15:04:24

Masalliqlar:

1.   3 stakan mahsus ashura bug’doyi
2.   Yarim stakan guruch
3.   Yarim stakan fasol (quritilgani)
4.   Yarim stakan no’xat
5.   ¼ stakan danaksiz mayiz
6.   5-6 dona quritilgan anjir
7.   2-3 tilim apelsin qobig’i
8.   1 qahva krujkasi gul suvi
9.   1 paket vanilin 8 gr
10.   2-3 hovuch findik yoki yong’oq mag’izi
11.   2 qoshiq Hindiston yong’og’i maydasi
12.   5-6 stakan shakar
13.   Anor, ezilgan pista

Tayyorlanishi:

1.   Oqshomdan bug’doy, fasol va no’xat tozalanib yuviladi. Ayri-ayri idishlarda ivitiladi.
2.   Bug’doy, guruch va maydalab to’g’ralgan apelsin qob’ig’i birgalikda qaynatiladi.
3.   Qozonga yaxshilab pishirilgan no’xat va fasol solinadi va bir muddat qaynatiladi.
4.   Shakar solinadi. So’ngra yuvilgan mayiz solinadi.
5.   Olovdan olmasdan 5-10 daqiqa oldin mayda to’g’ralgan anjir, gul suvi va vanilin solinadi.
6.   Kosalarga solinib, maydalangan findik, Hindiston yong’og’i va anor, ezilgan pista bilan bezaladi.




Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 13:41:16

 :asl3:

Xolamiz tayyorlagan Ashure shirinligi:




Bu yil ham 6-7 xil Ashure yeyish nasib qildi shukr:)

Qayd etilgan