Oson chizkek  ( 2990 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  31 Dekabr 2011, 22:09:23

 :asl3:



26 sm diametrlik qolip uchun.

Masalliqlar:

"¢   3 dona tuxum
"¢   1 stakandan 1 barmoq kam shakar
"¢   1 quti 300 gr krem peynir
"¢   1 stakan suzma qatiq
"¢   1 qoshiq to’la un
"¢   1 paket (8gr) vanilin

Tagi uchun

"¢   1.5 pakat kepakli pechenye
"¢   1 to’al qoshiq saryog’

Usti uchun:

"¢   1 stakan qulupnoy pyuresi
"¢   2 qoshiq shakar
"¢   1 qoshiq kraxmal


Tayyorlanishi:


"¢   Pechenyelarni yaxshilab maydalang.
"¢   Xona issiqligida erigan saryog’ bilan maydalangan pechenyeni yaxshilab aralashtiring.
"¢   Qolipni ichiga yaxshilab bosib joylashtiring.
"¢   Shakara va tuxumni bir idishda aralashtiring.
"¢   Qolgan masalliqlarni ham solib, aralashtiring.
"¢   Bu qorishmani ham qolipga to’king.
"¢   Oldindan 160 daraja isitilgan duxovkada 40-45 daqiqa pishiring.
"¢   Duxovkadan chiqqanida o’rtasi yaxshi pishmaganday, liqqillab turishi kerak. Mulzatgichda 4-5 soat kutgandan keyin qotib, kesishga tayyor bo’ladi.
"¢   Men pishgandan keyin tashqarida 1 soat sovushini kutdim. Kechruqun kech tayyorlaganim uchun ertasi kuni muzlatgichdan olib ustini bezadim. Men ustiga maymunjonli tayyor gel yoydim.
"¢   Masalliq ro’yhatida ko’rsatilganlar sizda bo’lsa qulupnoy kukuniga shakar va kraxmalni solib, o’rta olovda qaynating, iligandan keyin ustiga to’king.

Yoqimli ishtaha ;)


manba: http://cahidejibek.wordpress.com/2010/12/06/kolay-cizkek-cheesecake/

Qayd etilgan