Tayyorlanishi:
Go'shtni avvalo go'sht qiymalagich, yoki oshxona robotida maydalab olamiz. Piyozni qirg'ichdan o'tkazamiz, non maydasi, to'g'ralgan ukrop va qolgan ziravorlarni solib yaxshilab qoramiz. Muzlatgichga kamida 30 daqiqa solib qo'ysangiz mazasi yana ham ortadi.
So'ngra tuxum kattaligida bo'laklar olib, avvalo dumaloq, keyin yassi shakl berib, qizigan yog'da qovuramiz. Yog'ni tovaga faqat bir tarafiga tegadigan shaklda oz soling, oz yog' yetadi, chunki yog' emmaydi bu kotletlar.
Osh bo'lsin.