Valaykum assalom.
Guli, men uyda nima bo'lsa shuni soldim:)
500 gr qo'ziqorinni 30-40 daqiqa suvda pishirib, sovutib, to'g'radim.
100 gr makkajo'hori konservasi.
2-3 dona tuzlangan bodringni maydalab to'gradim.
kartoshka, sabzi, yashil no'xatli konserva 150 grlik.
5-6 qoshiq mayonez.
Hammasini birin ketin solib, aralashtirdim. Judayam mazali chiqdi:)