BiogazQishloq ho'jaligida ko'p uchraydigan mol go'ngi hamda o'simliklar chirindisi bu usulda hom-ashyo bo'lib hizmat qiladi. Bunda aralashmaga 60-70% miqdorda suv qo'shilib berk holda 30-35
0C gacha isitiladi. Shundan so'ng aralashmada bijg'ish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon ta'sirida harorat 70
0C gacha ko'tariladi. Endi bu joyda yonuvchan gazlar CH
4- metan va NH
4 - ammiak ajrab chiqa boshlaydi. Bu gazlardan be'malol honadoningizni isitgani hamda ovqat tayyorlash uchun foydalana olasiz.
Bunday qurilmani uy sharoitida qurmoqchi bo'lganlarga quyidagi sxemani tavsiya qilaman:

1-reaktor-aralashtirgich; 2 - yuklovchi tuynuk; 3 - germetik berkitiladigan qopqoq; 4 - gidrozatvorli ressiver; 5 - quyqani chiqarib tashlash kanali; 6 - gaz (iste'mol uchun)
Bu yerda bakni yer ostiga ko'miladi. Qopqoq zich qilib berkitiladi. Aralashmani solishda boshlang'ich harorat uchun suvni isitib qo'shilsa jarayon tezroq amalga oshadi.
Bunday qurilmada 20-15 kundan so'ng gaz ajrab chiqishi boshlanadi.
Agar 5 tonna go'ngdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, 5 oy mobaynida kuniga 35-40 m
3 gaz ajrata olasiz bunda. Ya'ni, 5 tonna go'ng bilan butun qish davomida sizda hech qanday gaz muammosi bo'lmaydi.
Gaz ajralish quvvatini oshirmoqchi bo'lib, biz quyidagicha sxemani ishlab chiqqan edik:

Marhamat, kim hohlasa qurilishni boshlayversin. Maslahat yoki yordam uchun har doim hozirmiz.