Assalomu Alaykum.
Ushbu mavzuda ma'lumot berishni taklif qilganlardan biri men edim. Lekin keyinchalik bu mavzuga kira olmadim. Bugun ko'rsam, kerakli ma'lumotlarga nisbatan keraksiz tortishuvlar ko'payib ketibdi.
Taklifim: o'zaro tortishayotgan tomonlar bu tortishuvga chek qo'yishsa va muzokara stoliga o'tirishsa yaxshi bo'lardi

. Yana undan ko'ra foydali ish bor.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, Sofdil birodarimiz qonunchilikni o'rganib, mana shu muqobil energiya vositalarini O'zbekistonga olib kirish qanday bo'lishi haqida batafsil yozsalar bo'lar ekan. Ya'ni, bojxona, soliqlar va boshqa biz bilmagan, ammo to'lanishi kerak bo'lgan xarajatlar.
Donishmand akamiz bu borada, muqobil energiya yo'llari haqida yana ma'lumotlar, boshqacha vositalar bo'lsa, kengroq yoritsalar yanda yaxshi bo'lardi. Ayniqsa biogaz qiziqtirib qo'ydi. Joy topib, pul topib biron joyda amaliyotda sinab ko'rsak bo'larkan. Siz bunga ketadigan aniq mablag' miqdorini hisoblab bera olasizmi? So'mdami, dollardami...
Muzaffar ayni muqobil energiya vositalarinining ishlayotganiga guvoh bo'lgan ekanlar. Siz unda o'sha tizim(sistema)larning tannarxi va o'rnatilish narxi, umuman iste'molchiga yetib kelguncha necha pulga tushishi haqida ma'lumot bersangiz. Keyin bu tizim o'rnatilgan joylarda hozirda qanday ishlayapti, qancha ehtiyojni qoplayapti, necha Kwt energiya beryapti, kabi savollarga javob bersangiz ham xursand bo'lardik.
Umuman, bu sohani tushungan, xabardor bo'lgan hammani amaliy ishga chaqiraman. Qishloqlardagi holatlardan hammangiz yaxshi xabardorsiz. Tortishishning emas, muammolarning hal qilishning vaqti keldi. Keyin agar bunga davlat qayg'urmas ekan, unda "O'zing uchun o'l yetim". O'z muammoimizni o'zimiz yechaylik unda. Keyin ba'zi postlarda magnit yoki boshqa vositalar bilan olinadigan elektr energiyasi haqidagi surat yoki videolarni ko'rdim. Menimcha bular shov-shuv, qandaydir nomzodlik dissertatsiyasi bo'lishga yaraydi. Bizga esa real, keng iste'molda qo'llash mumkin bo'lgan, eng muhimi O'zbekiston sharoitida ishlaydigan muqobil energiya tizimlari kerak. Sohaga qiziqqanlar shunga alohida e'tibor berishlarini so'rardim.
Oxirida o'zimni ko'pdan qiziqtirgan savol: elektr energiyasini uzoq vaqt saqlash yo'llarim bormi? Ya'ni oylab saqlab qo'yish mumkinmi? Ba batareyka tarzida bo'ladimi, akkumulyatormi, yoki qandaydir bir elektr omborimi? Umuman bu real narsami? Bu savolga bilgan, shunga qiziqqan barcha javob berishi mumkin.
P.S. Uzun post uchun uzr. Salomat bo'linglar.