Assalomu alaykummm, hurmatli energiya borasida mustaqil bo'lmoqchi bo'lgan forumdoshlar! Sizlarga yangilik, BIOGAZ!
Va nihoyat vaqt topib, bir narsa qilib qurib olgan biogaz moslamamizdan zangori olov paydo bo'ldi!
Yonishi yaxshi, qishdan chiqib olgan bo'lsak ham keyingi sovuq kunlargacha ancha takomillashtirib qo'yamiz.

Rasmlarini to'liqroq qo'yishning iloji bo'lmadi, Radikal ham, "Qurbaqa" ham, Postimage.org da ham nimagadir xatolik berayapti.
Qiziqqan forumdoshlarga:
10 m
3 lik idish (iloji bo'lsa zanglamas po'latdan -12X18H10T), 12 metr ф25 lik truba, 3 ta ventil - Dy-20, besh-oltita kattaroq mashinaning (traktorniki bo'lsa yana yaxshi) balon kamerasi, 5 metr 60 mm diametrda po'lat prut, hamda 0-0,25 kgs/cm
2 oralig'ida o'lchash uchun moslangan manometr tayyorlab qo'yaveringlar.
Hali trnetim yaxshiroq ishlab qolsa mavzuning o'zida ham batafsil bu haqida yozamiz.
(Opera foydalanuvchilari, rasm bu brauzerda ko'rinmayapti)