"Muqobil energiya sistemalari"  ( 59464 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Musannif Adham  16 Yanvar 2012, 11:21:21

Assalomu Alaykum.

Ushbu mavzuda ma'lumot berishni taklif qilganlardan biri men edim. Lekin keyinchalik bu mavzuga kira olmadim. Bugun ko'rsam, kerakli ma'lumotlarga nisbatan keraksiz tortishuvlar ko'payib ketibdi.

Taklifim: o'zaro tortishayotgan tomonlar bu tortishuvga chek qo'yishsa va muzokara stoliga o'tirishsa yaxshi bo'lardi  :). Yana undan ko'ra foydali ish bor.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, Sofdil birodarimiz qonunchilikni o'rganib, mana shu muqobil energiya vositalarini O'zbekistonga olib kirish qanday bo'lishi haqida batafsil yozsalar bo'lar ekan. Ya'ni, bojxona, soliqlar va boshqa biz bilmagan, ammo to'lanishi kerak bo'lgan xarajatlar.

Donishmand akamiz bu borada, muqobil energiya yo'llari haqida yana ma'lumotlar, boshqacha vositalar bo'lsa, kengroq yoritsalar yanda yaxshi bo'lardi. Ayniqsa biogaz qiziqtirib qo'ydi. Joy topib, pul topib biron joyda amaliyotda sinab ko'rsak bo'larkan. Siz bunga ketadigan aniq mablag' miqdorini hisoblab bera olasizmi? So'mdami, dollardami...

Muzaffar ayni muqobil energiya vositalarinining ishlayotganiga guvoh bo'lgan ekanlar. Siz unda o'sha tizim(sistema)larning tannarxi va o'rnatilish narxi, umuman iste'molchiga yetib kelguncha necha pulga tushishi haqida ma'lumot bersangiz. Keyin bu tizim o'rnatilgan joylarda hozirda qanday ishlayapti, qancha ehtiyojni qoplayapti, necha Kwt energiya beryapti, kabi savollarga javob bersangiz ham xursand bo'lardik.

Umuman, bu sohani tushungan, xabardor bo'lgan hammani amaliy ishga chaqiraman. Qishloqlardagi holatlardan hammangiz yaxshi xabardorsiz. Tortishishning emas, muammolarning hal qilishning vaqti keldi. Keyin agar bunga davlat qayg'urmas ekan, unda "O'zing uchun o'l yetim". O'z muammoimizni o'zimiz yechaylik unda. Keyin ba'zi postlarda magnit yoki boshqa vositalar bilan olinadigan elektr energiyasi haqidagi surat yoki videolarni ko'rdim. Menimcha bular shov-shuv, qandaydir nomzodlik dissertatsiyasi bo'lishga yaraydi. Bizga esa real, keng iste'molda qo'llash mumkin bo'lgan, eng muhimi O'zbekiston sharoitida ishlaydigan muqobil energiya tizimlari kerak. Sohaga qiziqqanlar shunga alohida e'tibor berishlarini so'rardim.

Oxirida o'zimni ko'pdan qiziqtirgan savol: elektr energiyasini uzoq vaqt saqlash yo'llarim bormi? Ya'ni oylab saqlab qo'yish mumkinmi? Ba batareyka tarzida bo'ladimi, akkumulyatormi, yoki qandaydir bir elektr omborimi? Umuman bu real narsami? Bu savolga bilgan, shunga qiziqqan barcha javob berishi mumkin.

P.S. Uzun post uchun uzr. Salomat bo'linglar.

Qayd etilgan


Donishmand  16 Yanvar 2012, 12:10:57

Assalomu Alaykum.
Donishmand akamiz bu borada, muqobil energiya yo'llari haqida yana ma'lumotlar, boshqacha vositalar bo'lsa, kengroq yoritsalar yanda yaxshi bo'lardi. Ayniqsa biogaz qiziqtirib qo'ydi. Joy topib, pul topib biron joyda amaliyotda sinab ko'rsak bo'larkan. Siz bunga ketadigan aniq mablag' miqdorini hisoblab bera olasizmi? So'mdami, dollardami...


Oxirida o'zimni ko'pdan qiziqtirgan savol: elektr energiyasini uzoq vaqt saqlash yo'llarim bormi? Ya'ni oylab saqlab qo'yish mumkinmi? Ba batareyka tarzida bo'ladimi, akkumulyatormi, yoki qandaydir bir elektr omborimi? Umuman bu real narsami? Bu savolga bilgan, shunga qiziqqan barcha javob berishi mumkin.

Va alaykum assalom vr. vb.
To'liq summasini hisoblab beraman sizga albatta.
Hozirda bir ish boshlab qo'yganmiz. Shuni yakunlab olsak, ikkinchi navbatda biogaz turibdi. Hudo hohlasa bir oylardan keyin ishga tushirsak natijasini va aniq sarfini ham aytaman.

Yuqorida aytilgan, horijdan keltirilayotgan quyosh batareykalarimi, shamol parraklarimi, hammasining tarkibida akkumulyatorlar bor. Asosiy qismga kiritilmaydi bu narsa, komplektga qo'shiladi. Narhi ham alohida belgilanadi.

Qayd etilgan


NANO  24 Yanvar 2012, 10:30:13

Mde buni yasash osonki nimasiga shuncha vas vasa chunmadim. Viloyatda turganla molli tappisini ham ishlatsa bo'ladi. Bu qurilmani yasashga uncha ko'p ilim ham kerek emas manimcha! Molli tappisidan gaz olsa bo'ladi. IMXO.



Qayd etilgan


amir.temur  10 Fevral 2012, 05:09:14

  O'rtoqlar, tortishuv bo'laversin, nimaga odamlar tortishsa hammalaringiz jim bo'linglar deysizlar, ular so'kishmayaptiku, munozara qilyaptilar. Mayli yana o'zlaringiz bilasizlar.

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2012, 11:39:40

  O'rtoqlar, tortishuv bo'laversin, nimaga odamlar tortishsa hammalaringiz jim bo'linglar deysizlar, ular so'kishmayaptiku, munozara qilyaptilar. Mayli yana o'zlaringiz bilasizlar.

Siz ham fikrlaringizni bidliring, fizika shekilli sohangiz...

Qayd etilgan


amir.temur  11 Fevral 2012, 15:18:10

Xo'sh :) O'zbekistonda inshalloh Navoiy viloyatida katta quyosh energiya oladigan elektrostansiya qurilyapti. LUKOIL bilan birgalikda. Xuddi shunaqa stansiyalar ko'p bo'lishi kerak bizda. QUyosh panellarini alohida uylarga o'rnatish hozircha optimal yechim emas. Albatta majbur, o'rnatyotganlar bor. Xitoydan keltirilgan panellar hozircha ancha arzon. Ammo sifati ham haminqadar.
Shamol energiyasini bizda tog' hududlarida o'rnatsa bo'ladi. Qamchiq qovonida, Chirchiq tog' etaklarida, Samarqand Tojikiston chegara hududlarida va hkz. Ammo bizdagi muammo, elektr tarmoqlarining eskirganligidir. Infratuzilma yangilab, keyin bunaqa ishlarga qo'l urish kerak.
Bu biznes O'zbekistonda allaqachon rivojlangan. Tabiiy jarayon, insonlar nimaga talab sezsa, shu narsa O'zbekistonga olib kelishga harakat qilishadi. Mani fikrim, texnikani olib kelgandan ko'ra, uni ishlab chiqaradigan texnologiyasini olib kelish kerak.
Mani fikrlarim ham el qatori, quruq gap-da, bu soha nazoratini allaqachon "O'zbekenergo" tashkiloti qo'liga olishi kerak edi. Bu sohada amaliy ishlarni shu tashkilot xodimlari qilish kerak. Oddiy xonadonlar uchun munosib bo'lgan qanchadan-qancha energiya ishlab chiqaradigan mayda texnologiyalar bor. Shularni davlat tomonidan arzonroq qilib olib kelsa bo'ladi. Davlat yoki shu soha odamlariga dastak berishlari kerak. Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda energetik islohotlar o'tkazilishi lozim. Energiya masalasi hozir siyosat mavzularidan biriga aylangan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Mart 2012, 14:33:41

Xo'sh, bojxona masalasi nima bo'ldi? Men ham shu ma'lumotni sabrsizlik bilan kutyapman... Chunki xuddi shunaqa isitish sistemalarni ko'rib keldim.  :D

Qayd etilgan


gayrat17  24 Mart 2012, 18:43:46

Qo'qonda ayrim xonodonlar 4-5 yildan beri Quyosh panellari ishlatib kelishadi.
Bir tanishm aytishicha (tanishimga ishlatatigan aytgan ekan) ulardan xar oyda 25 mingdan soliq olar ekan.

Qayd etilgan


Shuhrat_  24 Mart 2012, 18:52:57

menam shunaqa deb eshtudim.
Quyosh nurlaridan foydalandaniz uchun, davlatjanaga soliq tulanarkan

Qayd etilgan


Nurilla  24 Mart 2012, 20:42:51

Qishda ko'pgina teplitsalarda farsunka yasatilib, mazut va otrabotka yoqqanla ko'p bo'ldi. Gazdan ham kuchli yonadi. Shunga nima deysizlar.

Qayd etilgan