Armonli yillar hotirasi.  ( 31410 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 09:03:34

U keyin ham uyimiz oldiga juda ko'p keldi. Har hil bahonalar topib men chaqirtirib har kimni kirgizardi.Men bilan gaplashmoqchiligini aytardi. Lekin men bir marta ham chiqmadim. Uyimiz oldida soatlab tursa ham na o'zim chiqdim,na uyimdagilarni chiqardim. Oradan bir oy o'tar o'tmas menga yana sovchilar kela boshlashdi. Men esa hech kimga ko'rinmas, hamma erkak zotidan nafratlanardim.Hatto uyda dadam bilan ukamni ovozini eshitsam ham asabim buzilar edi. Lekin men malhamni Allohning kalomidan topdim. Bu Ulug' Kalomlar meni yana sabrga chaqirardi. Shunday qilib men o'zimni qo'lga oldim. Bir kuni opamni eri y'ani pochchamning og'aynisidan menga sovchi bo'lib kelishdi. Pochcham o'zi iymonli va ibodatli bo'lgani uchun uni topgan kishisi ham shunday ekanligiga ishonardim. pochcham meni o'z singlisidek yahshi ko'rar, doim onamga shu qizingiz boshqachada, nega boshqalariga o'hshamaydi, derdi.
Shu sovchilar bilan onam ko'p gaplashdilar, kuyov bo'limish bilan esa otam. U otamga, qizingizni oldingi hayotini (farzandsizligini)bilganim holda uylanishga qaror qildim. Hech qanaqa yomon gap chiqmaydi, sizga erkaklik so'zimni beraman, debdi. Shunday qilib bizni ko'rushtirmoqchi bo'lishdi. Men rozi bo'lmadim. Men hijobdaman, yuzimni ham to'sib yuraman, baribir meni ko'rolmaydi, agar hohlasa meni ko'rmasdan uylanadi. To'y esa iddam chiqqanidan keyin olti oydan so'ng bo'ladi. Agar shularga ko'nsa roziman, ko'nmasa hursand bo'laman, dedim. Bunday deyishimdan maqsadim shu ediki, u ko'nmaydi,chunki qaysi erkak ko'rmasdan uylanadi, deb o'yladim. Meni ko'rsa so'zsiz rozi bo'ladi, shuning uchun ko'rinmyman, deb o'ylardim. Lekin u rozi bo'ldi.Iddam chiqqach,olti oydan keyin to'y qilishga kelishib bizni unashtirishdi. Men esa qo'rqardim.Uni qanday kishi ekanligini bilmaganimdan, yana farzand ko'rolmasligimdan,yana haqoratlar eshitishim mumkinligini o'ylab qo'rqardim....

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 09:14:27

Meni tinmay tug'maysan deb qulog'imga quyaverishganiden, bunga o';zim ham ishonib qolgandim. Men baribir tug'masam kerak deb o'ylardim,lekin Allohdan umidim bor edi. tinmay duo qilib, Undan, hamma narsaga Qodir Zotdan farzand so'rardim. Ko'zyoshlarim yuzimni yuvardi. Menga ham farzand berishini, menga ham ona bo'lish bahtini nasib qilishini, tunlarini alla aytib o'tkazishimni tilardim. Hullas,oradan o'n oycha o'tib hayotimda yana to'y bo'ldi.Yuragimni hasratu qo'rquvlarga,ko'zimni esa yoshlarga to'ldirib to'y bo'ldi. Men undan juda qo'rqardim.Unga gapirish tugul,ko'ziga ham qarolmasdim.Lekin u sabr bilan meni o'zgarishimni kutdi va shunga harakat qildi. Hayotim o'zim kutmagan holda o'zgara boshladi. Huddi avval turmush qurmagandek, avval yashamagndek bahtni his qila boshladim.
Va nihoyat men kutgan kun,yillar davomida meni yuragimni kuydirgan,ko'zyoshlarini sel qilib oqizgan kun keldi. Men homilador bo'ldim. To'yimizni birinchi oyida, buni ikki oydan keyin bildim, lekin ishonolmasdim. 

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 09:35:18

Turmush o'rtog'im meni oldingi hayotimda qanday kun kechirganimni hammasini biladi. Har bir nuqtasigacha majburlab so'rab,bilib olgan.Shunga yarasha muomala qiladi. Meni nima ko'nglimni og'ritadi, qaysi gap yuragimga og'ir botadi, avvalgi hayotimni bilgani uchun ham biladi.
Hozir ikki o'g'il ikki qiz farzandim bor. Bahtliman. Ko'nglimdagi boshliqlar to'lgan. Qalbimning tub tubigacha farzandlarim, qorachiqlarim to'ldirishgan. Hozir ularni o'sib borayotgan bo'ylarini ko'rib quvonsam, turmush o'rtog'immenga, bular o'tgan kuningizdagi sabringiz uchun Allohning sizga bergan mukofatlari, deydi. Shunda beihtiyor ko'zimga yosh keladi. Bu balki sevinch ko'zyoshlaridir, balki oldingi hasratlarga to'la hayotimni eslaganim uchun oqqan ko'zyoshlardir.
U esa mendan keyin uchta turmush qildi, lekin hech biridan farzndlik bo'lolmadi. Allohning qudratini qarangki, har bir farzandimni dunyoga keltirish uchun tug'ruqhonaga borganimda,ularning oilasidan kimnidir uchratdim. Goho opasini, gohi kennoyisini. Shunday qilib Yartganni qudrati bilan har bir farzandim dunyoga kelishidan u ham bohabar bo'lib turdi. Men oldin uni farzand ko'rpolmaganini eshitib, Allohning bergan jazosi deb o'yladim. Leki keyinchalik unga rahmim keldi.Hozir ba'zan dularimda unga Allohdan unga insof va farzand berishini tilayman. BAlki bu duolarim ijobatsiz qolar Alloh bilguvchiriqdir.
Men hozir juda bahtliman. Farzandlarim kamolini ko'rib ham bahtliman.Farzandlarim yonimda, meni o'zimdan-da ko'proq tushunadigan va sevadigan hamrohim bor.Ularni duo qilib, Allohga menga shunday baht nasib qilgani uchun shukronalar aytib yashayapman.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 09:50:11

Men hozir ba'zan o'ylab qolaman.Allohning har bir narsaga belgilab qo'ygan hadlari bor. Balki mehr muhabbatni ham hadlari bordir. Men balki shu hadlardan o'tgandirman. Inson bir narsani o'ziga ilohiylashtirib olsa, ana shundan ko'p aziyatlar olar va shu narsa unga vafo qilmas ekan. Balki men shu kishini o'zimga ilohiylashtirib olganim uchun shunday kunlarni ko'rgandirman. Yana shuni aytishim mumkinki, ayol kishi ham o'z hurmatini saqlashi kerak ekan.O'zini bunchalar ho'rlatib qo'yishi mumkin emas ekan. Meni bu hikoyam qizlarimizga ham yigitlarimizga ham oz bo'lsada foyda berar deb umid qilaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 09:57:09

Mana aziz birodarim!Bir oila tarixini, bir ayolning shirin va achchiq armonlarga to'la hayotiga siz ham guvoh bo'ldingiz. Uning tog'larga teng sabri,ko'rgan kunlariga va bunga qilgan sabr tufayli olgan mukofatlarini bildingiz. Bu opahonimiz ko'rgan kunlarini ma'lum bir bo'lagini eng zarur va kerakli nuqtalarini siz bilan baham ko'rdim.
Endi bu hikoyaga sizning munosabatlaringizni va fikrlaringizni bilmoqchiman. Balki bu ayol ham hayoti davomida hatoliklarga yo'l qo'ygandir. Balki bu ayolning taqdiri yuzasidan svollaringiz bordir. Marhamat, biz bilan sirlashing. Mulohazalaringzini kutib qolaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 10:00:06

Laylo.

Assalamu alaykum!
Nargiza opa hikoyangizni o'qib chiqdim.
Ko'zimda yosh bilan shularni zo'rg'a yozdim...
Uzr, hozir hech narsa yozolmayman...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 10:03:20

Va alaykum assalam,Laylo.
Sizni tushunaman.
Bularni o'zim ham zo'rg'a yozdim.
Doimo shu opahonim bilan suhbatlshsam,u kishini ko'zlarida baht aralash armonni ko'raman. Baribir u hasratlarga to'la yillar u kishining ko'zlarida o'z izini beayovlarcha qoldirgan.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 10:07:24

Shahina.

Assalamu alaykum.
Haqiqtadan juda ham mahzun hikoya ekan.
U opahonimizni sabrlariga tan bermasdan iloji yo'q!
Lekin hozir bahtli ekanlarku.
Ilohim ular ko'rmaganlarini farzandlari ko'rishsin.
Savol:Nega o'shanda erlarini ham tibbiy ko'rikdan o'tkazishmagan? Ahir farzand bo'lishi uchun ikki tomon ham sog'lom bo'lishi kerakku?

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 10:11:52

Va alaykum assalam.
Fikrlaringiz va niyatlaringzi uchun tashakkur Shahina.
Savolingizga kelsak:U kishi opahonimizni iltimoslari bilan tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Kelib men soppa sog' ekanman, degan. Opahomizda esa buni o'zlari surishtishlari uchun imkon ham iloj ham bo'lmagan.
Men bir narsaga hayronman, doktorga borgan kishi hech qachon men sog'lom ekanman, deganini eshitmaganman.Hozirgi doktorlar hammadan kasal topa olishadi, hech bo'lmaganda. shamollashingiz bor ekan,ozgina davolansangiz o'tib ketadi deyishadi.
U kishi qanaqa qilib bunaqa natijaga erishgan, Alloh bilguvchiroqdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 10:22:32

Maknuna.

Assalamu alaykum,Nargiza opa.
Haqiqatan bu hikoyani ko'zyoshsiz o'qib bo'lmaydi.
O'sha kunlarni garchi unutish mumkin bo'lmasada, opa unutishlari lozim.
Hozir bahtli ekanlar, farzandlarining baht oldida u kunlar unut bo'lib ketadi.
Mani yana fikrim:U kishi mehr muhabbatning chegaralaridan o'tmaganlar,faqat, shaytoniy hirs quliga aylangan kishidan aziyat yetgan holos.
Savol:U kishini bu kunlaridan ota-onalari ham habardor bo'lishganmi?

Qayd etilgan