O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  07 Fevral 2012, 14:08:28

Non — nonda, kaliti — osmonda.

Bu maqol "Rizqni bergan Alloh" ma'nosidami?

Qayd etilgan


NANO  08 Fevral 2012, 07:01:04

Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

?

Ona haqida bolasini o'ylab etgan manimcha!

Farzand yaraga o'xshaydi kesib tashlasa ham joni og'riydi kesib tashlamasa ham.

Qayd etilgan


BelleQizcha  08 Fevral 2012, 07:03:35

Baliq boshidan sasiydi..
#tentak

Qayd etilgan


NANO  08 Fevral 2012, 07:07:45

Baliq boshidan sasiydi..

21 asr da baliq o'rtasidan ham sasib turibdi!

Qayd etilgan


Ansora  08 Fevral 2012, 13:25:00

Baliq boshidan sasiydi..
#tentak

Belle bu savolmi?

Qayd etilgan


Nozima_M  08 Fevral 2012, 21:19:40

Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

maqolini qanday tushunasiz?
Kuykunak so'zi bu yerda kuyunchak inson ma'nosida kelgan deb hisoblasak, maqoldan olinadigan ibrat quyidagicha bo'ladi:
Kuyunchak odam man ''g'oz''man yoki ''o'rdak''man deb o'tirmidi, qo'lidan kegan hamma ishni qilaveradi. Vaqti kesa o'rdakni vazifasiga kiradigan ishni ham qiladi, go'z vazifasiga kiradiganlarini ham.

Qayd etilgan


Nozima_M  08 Fevral 2012, 22:01:06

2- variant: Kuykunak g'oz va o'rdak o'rtasidagi bir parranda deb hisoblasak, u vaqti kelganda g'ozdek tik, vaqti kelganda o'rdakdek egilib yuradi.

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 12:31:53

 :asl3:

Javoblar uchun rahmat. Butun javoblarni o'qib, ohirgi tushunchamni yozaman tarjimaga. Tarjima qiyin ish, ayniqsa maqol tarjimalari judayam qiyin ekan:) qofiyasiz boldimi, unchalik diqqat tortmaydi.

Navbatdagi savol:

Podachining qizini ko'r,
Ayab bosgan izini ko'r.

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:16:11

Pismiq yotib put ko'tarar,
Shaldir-shuldir ot ko'tarar.

?

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:19:38

Ro'zingni sot, ro'shnolik ol.

Qayd etilgan