Sutli, bananli shirinlik.  ( 3564 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  16 Yanvar 2012, 18:22:00

 :asl3:

Masalliqlar:


1 litr sut
1.5 stakan (300 gr) shakar
100 gr saryog’
1 stakan un
1 paket (8gr) vanilin
1 paket kakaoli pechen’ye (200 gr)
3 dona banan


Tayyorlanishi:

Saryog’ni qozonda eriting, unni solib, o’rta olovda biroz qovuring. Pushti rang olgandan keyin sovuq sutni soling. Tez tez aralashtirmasangiz, dumaloq bo’lib qolishi mumkin. Shakarni soling. Sut qaynab, qo’yiqlasha boshlagach vanilinni soling. 3-4 daqiqa qaynagandan keyin olovdan olib, sovuting.
Pechen’yelarni maydalang. Unday bo’lgandan keyin duxovka listinga yoying.
Sutli qorishimni mikserda 10 daqiqa atrofida aralashtiring. Qorishimni pechen’yelarni ustiga tekis qilib yoying. Listni ustini yopib, 5-6 soat muzlatgichga solib qo’ying. Vaqt o’tgandan keyin listdagi sutli qorishimni to’rtburchak shakllarga bo’ling (men 8 ga bo’ldim). Bo’laklarga bo’lingan bananni tortburchak shakllarni boshiga qo’yib, rulet shaklida o’rang.
Men ustiga maydalangan yong’oq sepdim, xohlaganlar shokolad eritib quyishlari ham mumkin. Judayam oson va mazali shirinlik, tavsiya etaman ;)




Qayd etilgan