Usmonli oshxonasidan- "Kadınbudu" kotleti  ( 3236 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Yanvar 2012, 14:57:16

 :asl3:

Bu kotletni ilk marotaba yeganimda hayron qolgandim, bu qanday kotlet bo'ldi, judayam to'yimli, ichida guruchi ham bor, ustida tuxum, voy, qanday qilinarkan, deb qiziqqandim:) Siz ham pishiring, mehmonlaringiz uchun ham to'yimli, mazali yegulik sanaladi:)

Masalliqlar:

500 gr qiyma

1 dona piyoz

3 qoshiq guruch

1 dona tuxum

tuz, quritilgan yalpiz, zira

Qizartma uchun un, yog', 1 dona tuxum.
 

Tayyorlanishi:

Piyozni maydalab to'g'rab, qiymani yarmi bilan suvi chiqquncha qovuring. Tuz, zira, yalpizni soling. Unchalik ko'p qizartmasdan olovdan oling.

3 qoshiq guruchni yuvib, biroz tuz solingan suvda qaynating, 10 daqiqa yetadi, unchalik ezilmasin.
Qovurilgan qiyma, guruch biroz sovugandan keyin qolgan xom qiyma, 1 dona tuxum bilan hammasini yo'g'iring.

1 soat muzlatgichga qo'ying.

1 soatdan keyin o'rta kattalikda kosaga tuxumni chaqing, yana o'rta kosaga un soling. Kotletlarga hovuchingiz kattaligida yassi shakl bering. Avval tuxumga botiring, keyin unga va yog'da qizartib oling.




Qayd etilgan